Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar va maktabdan taşqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimça kiritiş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar va maktabdan taşqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomning:
a) 36-1-bandning birinçi xatboşi quyidagi tahrirda bayon qilinişi mumkin:
“36-1. Birinçi va oliy malaka toifali, yetakçi va boş öqituvçi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkazganlik uçun eng kam oylik iş haqining 100 foizi, ikkinçi malaka toifali hamda uşbu malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkazganlik uçun eng kam oylik iş haqining 50 foizi miqdorida yiğim undiriladi.”
b) 36-1-bandning ikkinçi xat boşi çiqarib taşlanadi.
v) 38-bandga quyidagi mazmundagi ikkinçi xatboşi qöşiladi:
“Pedagog kadrlarga umumiy örta ta'limi muassasalarida mazkur malaka toifasiga talabgorlarga malaka toifasini berişda tölanadigan yiğimlardan tuşadigan mablağning 100 foizi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Xalq ta'limi sohasidagi islohotlarga kömaklaşiş jamğarmasiga yönaltiriladi.”.












