Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini yanada rivojlantiriş hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi “Özbekiston Respublikasida boğdorçilik va issiqxona xöjaligini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4246-son qaroriga muvofiq Akademik M.Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot instituti Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi ixtiyoriga ötkazilgan.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanişi mumkin:

boğdorçilik, uzumçilik va sitrusçilik sohalarida yuqori hosilli, kasalliklarga çidamli, raqobatbardoş, eksportbop meva va uzum navlarini yaratiş hamda ularni yetiştirişda ilmiy asoslangan resurstejamkor ilğor texnologiyalarni işlab çiqiş;

hududlarning tabiiy tuproq-iqlim şaroitlarini inobatga olib, meva va uzum navlarini joylaştiriş böyiça ilmiy asoslangan tavsiyalar işlab çiqiş hamda xorijiy mamlakatlardan olib kelingan istiqbolli meva va uzum navlarini sinovdan ötkaziş va mahalliy şaroitga moslaştiriş;

zamonaviy resurstejamkor texnologiyalarni, şu jumladan, tomçilatib va yomğirlatib suğoriş tizimlarini qöllagan holda köçatçilik, intensiv boğdorçilik va issiqxona xöjaligini taşkil etiş hamda rivojlantiriş böyiça ilmiy asoslangan tavsiyalar işlab çiqiş;

boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik yönalişlaridagi xorijiy nufuzli ilmiy muassasalar, oliy ta'lim muassasalari, ilmiy markazlar bilan ilmiy-tadqiqotlar işlarini olib borişda xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş, belgilangan tartibda xorijiy donor taşkilotlarning grantlari va texnik kömak mablağlarini jalb qiliş;

yuqori malakali ilmiy xodimlar, ya'ni falsafa (PhD) va fan doktorlarini (DSc) tayyorlaş, boğdorçilik va uzumçilik sohasida mutaxassislarni öqitiş, ularning malakasini oşiriş yönalişida mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sohaga ixtisoslaşgan xorijiy taşkilotlar va işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlik qiliş;

boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik sohalari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilğor tajribalarini hamda boğdorçilik va uzumçilikdagi qişloq xöjaligi texnikalarini örganiş böyiça ilmiy-tadqiqotlar olib boriş va ularni amaliyotga qöllaş uçun tavsiyalar işlab çiqiş;

vinoçilik sohasida yangi, yuqori sifatli, raqobatbardoş, eksportbop vino assortimentlarini yaratiş va qayta işlaş texnologiyalarini işlab çiqiş böyiça ilmiy-izlanişlar olib boriş va tavsiyalar beriş;
xalqaro standartlarga mos va eksportbop mevali daraxt, tok, rezavor va sitrus ösimliklarining köçatlarini yetiştiriş hamda ularni realizatsiya qiliş.

Belgilanişiça:

a) Institut:

öz faoliyati böyiça Agentlik va Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligiga hisobot beradi;

Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari va qonun hujjatlari bilan ta'qiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi.

b) Institut direktori Agentlik Boş direktorining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

maqomi, mehnatga haq tölaş va transport xizmat körsatiş şartlari böyiça Agentlik Boş direktori örinbosariga tenglaştiriladi;

v) Institut direktori örinbosari Institut direktorining taqdimnomasiga binoan Agentlik Boş direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

g) Institut tasarrufida bölgan qişloq xöjaligida foydalanilmaydigan 0,5 gektar yer maydonida davlat-xususiy şeriklik asosida Institut xodimlari uçun köp qavatli turar-joy majmuasini barpo etiş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.

d) “Ipoteka-bank” aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki, köp qavatli turar-joy majmuasi qurilişida payçilik asosida qatnaşadigan xodimlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida ularga imtiyozli şartlarda uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratilişida amaliy yordam körsatişlari tavsiya etiladi.