Özbekiston Respublikasi prezidenti “Soğliqni saqlaş sohasida davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Qaror bilan soğliqni saqlaş sohasida davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Belgilanişiça:

a) soğliqni saqlaş sohasida davlat-xususiy şeriklik loyihalari davlat va xususiy şerik örtasida quyidagi bir yoki bir neça şakllarni birlaştiriş orqali amalga oşiriladi:

soğliqni saqlaş sohasida jamoat infratuzilmasini loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, yaratiş, jihozlaş, modernizatsiya qiliş, moliyalaştiriş, foydalaniş va xizmat körsatiş;

soğliqni saqlaş sohasida tovarlarni yetkaziş, işlarni bajariş va xizmatlar körsatiş;

b) Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollardan taşqari xususiy şerikni tanlab oliş tender asosida yoki töğridan-töğri muzokaralar ötkaziş orqali amalga oşiriladi;

v) bitimning amal qiliş muddati davlat va xususiy şerik tomonidan belgilanadi. Bunda u uç yildan kam bölmasligi va 49 yildan oşmasligi kerak;

g) davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşirişda xususiy şerikka ajratilgan yer uçastkalari, sotib olingan tibbiy va boşqa uskunalar, şuningdek, ular tomonidan qurilgan obektlar bitimning amal qiliş muddati tugagandan söng davlat şerigiga topşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş doirasida soğliqni saqlaş sohasiga investitsiya kiritadigan investorlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş maqsadida jamğarma mablağlari hisobidan imtiyozli kreditlaş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Jamğarma davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida taşkil qilinadigan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi “Oziq-ovqat, çarm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş manbalarini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2718-son qaroriga asosan oçilgan kredit liniyalarining tanlanmagan mablağlari hisobidan vakolatli tijorat banklariga 10 yil muddatgaça, şu jumladan, 3 yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan, yillik foiz stavkasi 6 oylik LIBOR plyus 2 foizga teng, umumiy miqdori 200 million AQŞ dollarigaça bölgan kredit liniyalarini oçadi.

Belgilab qöyilişiça, soğliqni saqlaş sohasida davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş doirasida imtiyozli kreditlaş tijorat banklari tomonidan:

faqatgina import qilinadigan zamonaviy tibbiy uskunalar va inventarlarni sotib oliş uçun – çet el valutasida kiritiladigan investitsiya umumiy hajmining 20 foizidan köp bölmagan miqdorda;

3 yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan holda, 8 yilgaça bölgan muddatga qayta moliyalaştiruvçi bankning marjasi bilan birga yillik 1 foiz miqdorida;

investor tomonidan kiritiladigan investitsiyalar umumiy hajmining 80 foizidan kam bölmagan miqdorida xususiy, şu jumladan, xorijiy investitsiya kiritiş şarti bilan amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi va Adliya vazirligi:

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari bilan birgalikda bir oy muddatda va keyinçalik har yili davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida loyihalarni amalga oşiriş maqsadida davlat tibbiyot muassasalarining yer uçastkalari, binolari yoki ularning qismlari va xonalari, şuningdek, samarasiz faoliyat körsatayotgan davlat tibbiyot muassasalari hamda soğliqni saqlaş sohasida ustuvor yönalişga ega bölgan tibbiy va qöşimça xizmatlar röyxatini şakllantiradi va ular töğrisidagi ma'lumotlarni tegişli ixtisoslaşgan veb-saytlarga joylaştiradi;

ikki oy muddatda ilğor xalqaro tajribani inobatga olgan holda, soğliqni saqlaş sohasida davlat-xususiy şeriklik bitimlarining namunaviy şakllarini işlab çiqadi va tasdiqlaydi;

uç oy muddatda soğliqni saqlaş sohasida, şu jumladan, respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari iştirokida amalga oşiriladigan birlamçi ahamiyatga ega bölgan davlat-xususiy şeriklik loyihalarining konsepsiyasini işlab çiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

2019 yil 15 avgustga qadar davlat-xususiy şeriklik bitimlarini tuziş huquqini beruvçi tender e'lon qiladi.