Keça, 18 aprel kuni Surxondaryo viloyatida 16 aprelda boşlangan Özbekiston Qurolli Kuçlari kuç tuzilmalarining hamkorlikdagi qömondonlik-ştab maşğulotining yakuniy — asosiy bosqiçi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kun davomida öquv-jangovar maşğulotlar uçta nuqtada — “Özbekiston—Turkmaniston—Afğoniston”, “Özbekiston—Tojikiston—Afğoniston” çegaralari tutaşgan hududda hamda “Hayraton” köprigida ötkazildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jangovar harakatlar mudofaa vazirining birinçi örinbosari — Qurolli Kuçlar boş ştabi boşliği general-mayor Pavel Ergaşev hamda Davlat xavfsizlik xizmati raisi örinbosari – Çegara qöşinlari qömondoni general-mayor Ruslan Mirzayevning bevosita rahbarligi ostida muvofiqlaştirildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jangovar operatsiyalar ssenariysiga köra, Özbekiston çegarasini şartli noqonuniy qurolli guruhlar tomonidan buzib ötiş holatini tezkorlik bilan bartaraf etiş çoralari körildi. Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari hududiy bölinmalari ularga qarşilik körsatiş bilan birgalikda Qurolli Kuçlar kuç tuzilmalariga, xususan, Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi qöşinlariga tegişli signal berildi. Operatsiya rejasiga muvofiq xavfni bartaraf etiş uçun qöşinlar tezkor jangovar şay holatga keltirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilarining kuç va texnika vositalari iştirokida şartli jangarilar kirib kelgan hudud harbiy texnikalar yordamida örab olindi hamda ular turli qurollardan jangovar öt oçiş orqali yöq qilindi. Maxsus guruhlar Mudofaa vazirligiga qaraşli harbiy vertolyot yordamida voqea joyiga yetkazildi va hudud sinçkovlik bilan tekşirildi. Çegara qöşinlariga qaraşli katerlar orqali quruqlikdagi “duşman”ga zarba berildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Şundan söng, hududda uçuvçisiz uçiş qurilmalari hamda boşqa texnika vositalari yordamida tozalaş va kuzatiş işlari amalga oşirildi.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati