Şimoliy Koreya AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoni yadroviysizlaş böyiça muzokaralardan çetlatişga çaqirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Şimoliy Koreya taşqi işlar vazirligi Pompeoni muzokaralar rivojiga tösqinlik qilayotganlikda aybladi.
Vazirlikning AQŞ böyiça vakili Kvon Yen Gun Pompeoni “aljirayotganlikda” va Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning sözlarini notöğri yetkazayotganlikda aybladi.
“Men Pompeo muzokaralarda iştirok etişda davom etsa, ular boşi berk köçaga kirib qolişidan xavotirlanmoqdaman”, deb aytgan Kvon Yen Gun.
Uning ta'kidlaşiça, Pxenyan “ehtiyotkorroq va yetukroq” muzokaraçi bilan suhbat olib borişni ma'qul hisoblaydi.












