Ta'lim tizimida qanday işlar olib borilayotgani hamda bu yilgi obuna mavsumida turli miş-mişlarga sabab bölgan «majburiy obuna» masalasiga oydinlik kiritiş maqsadida «Jamiyat» jurnalist Sitora Tojiddinova Özbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov bilan suhbatlaşdi. Suhbat matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.
Vazirning bildirişiça, xalq ta'limi tizimida ança yildan buyon köplab muammolar yiğilib kelgan.
«Katta tizim bölgani uçun muammolarning paydo bölişi ham, ularning yeçilgani ham birdan bilinmaydi. Masalan, quriliş sohasini olib qaraydigan bölsak. Biror inşootni qurib, foydalanişga topşirsangiz, közga darrov körinadi. Lekin ta'lim sohasida bu narsa bilinmaydi.
Prezidentimiz öqituvçining obrösini kötariş kerakligini ta'kidladilar. Yaxşi öqituvçi maktabga kelsa, ta'lim sifati oşadi. Ana undan keyin biz natijaga erişa olamiz. Uning uçun nima qiliş kerak? Avvalo, maktablarimiz eng zör pedagoglar keladigan, odamlar havas qiladigan joyga aylanişi lozim. Yaqin tarixga qaraydigan bölsak, unday emasdi. Maktablarimiz hamma uçun tekin yordamçi bölib qolgan edi. Tozalaşga ham öqituvçi, paxta terişga ham öqituvçi. Qöpol bölsa, uzr sörayman, ayrim joylarda öqituvçilar, hatto, göng taşiganini ham aytişdi. Oylik esa oşmagan. Ya'ni, umumiy qaror böyiça oşirilgan, lekin soha uçun alohida oşirilmagan. Soha katta bölgani bois arzimagan miqdorda oylik oşirilsa ham mablağ katta bölib ketadi. Yillar davomida öqituvçining oyligi ösiş sur'ati boşqa tarmoqlarga qaraganda orqada bölib kelgan.
Bir misol, abituriyent biror oliygohga hujjat topşirişdan avval, qaysi institutda öqiş haqida öylaydi. Imkoniyati baland, bilimli bolalar diplomatiya, huquqşunoslik, iqtisodiyot kabi yönalişdagi oliy ta'lim muassasalarini tanlaydi. Birinçi yil talaba böla olmaganlar yoki öz bilimiga işonçi kamroq bölganlar esa pedagogikaga hujjat topşiradi. Mana, Finlyandiya, Singapurni maqtab gapiramiz. U yoqda imkoniyati yuqori bolalar pedagogika sohasini tanlaydi. Bizda ham şunday bölişi kerak. Buning uçun öqituvçining obrösi va maoşini oşiriş kerak.
Men nima uçun uzoqdan gap boşladim?! Sababi bizda uzoq yillar boşqa institutlarga kira olmaganlar nisbatan kam ball bilan öqituvçilik sohasiga öqişga kirgan. Ular maktablarda öqitgan bolalar ham şunga monand ravişda zör ta'lim olişolmagan. Öşa bolalar ham maktabni tugatib, oralaridagi eng kam bilimlilar yana pedagogika oliygohlariga kirgan. Natijada yillar davomida ta'lim sifati pasayib boravergan. Zanjir mana şunday davom etgan. Prezidentimizning siyosiy irodasi bilan hozirça qilingan eng katta iş: mana şu zanjir 180 gradusga özgartirildi. Bu juda katta muvaffaqiyat. Avvalgi salbiy zanjirning natijasini biz bugun körib turibmiz. Misol uçun, köçadagi reklama va e'lonlardagi xatolarni qarang. Qolaversa, millionlab yurtdoşlarimiz çet davlatlarda yuribdi. Afsuski, köplarining huquqlari poymol bölyapti. Çunki ularning köpi na öz tilida, na rus tilida eplab yozişni, fikrini töliq bayon qilişni biladi. Mana şunday salbiy natijalarni endi körib, bilib turibmiz. Lekin bu narsalar bir kunda bölmagan-ku! Neça yillik ta'lim tizimidagi nuqsonlar sabab bölgan. Bu narsa ataylab qilingan, degan fikrdan yiroqman. Şunçaki, sohaga e'tibor yetarliça bölmagan. Endi mana şu yillar davomida işlab kelgan salbiy zanjir özgartirildi. Ya'ni xalqimiz öqituvçilik kasbiga sekin-asta qiziqa boşlayapti. Oliy ma'lumotli öqituvçilar maktabga qaytyapti. Masalan, erkaklar oila boquvçisi bölişgani uçun oylik kamligi sabab boşqa işlar bilan şuğullanib ketgan edi. Mana, sekin-sekin erkak ustozlar safi ham kengaymoqda. Köplari esa «qaytsam bölarkan» deb öylab köryapti. Şuning uçun biz bu narsaga qattiq turdikki, birinçi galda, oylikni oşiriş kerak edi. Qolaversa, öqituvçini kasbidan taşqari bölgan ortiqça mehnatga jalb qilmaslik çoralarini kördik. Köplab davlat idoralari ham kömak berişdi. Ommaviy axborot vositalari katta yordam berdi. Umuman, hamma bir yoqadan boş çiqardi. Natijada bugun öqituvçilarning majburiy mehnatga jalb qilinmasligiga erişyapmiz. Hatto, hokimlar selektor yiğilişlari qilib, «Bir öqituvçi paxta dalasi yonidan şunçaki ötib ketayotgan bölsa ham ortiga qaytarib yuboringlar. Körinişmasin dalada» deganmiş. Bu yaxşi natija-da baribir.
Bu hali hamma narsa yaxşi, ta'lim sifati zör, degani emas. Biz şunçaki öqituvçini öz işi bilan şuğullanişi haqida gapirdik. Biroq birdaniga samara zör böladi, deb öylamaslik kerak. Sababi köp yillar öqituvçilar kuzgi mavsumda ham, bahorgi mavsumda ham dalada bölgan. Ança yillar kasbiga taalluqli bölmagan işlar bilan şuğullangan odamlar maktabga keldi. Endi ular nima iş qilişi kerakligini bilişi kerak», - dedi Şermatov.












