Ruanda mutasaddi idoralari Kivu kölining Ruanda qismida 17 aprelda qöşni Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) kema halokatida halok bölgan yana 15 kişining jasadini topdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.

Kivudagi halokat qurbonlarining aniq soni hanuzgaça noma'lum qolmoqda, çunki hamma yölovçilar ham kema bortiga çiqayotganda qayd qilinmagan. KDR hukumati 18 aprelda 104 kişi halok bölganini tasdiqlagan. 19 aprel keçki vaqt topilgan 15 jasad KDR bilan çegaradoş bölgan Rabavu şahri yaqinida suvdan çiqarib olingan. Gap halok bölgan 13 ayol, bir erkak va bir bola haqida bormoqda. Ma'lum qilinişiça, jasadlar KDRga topşirilgan.

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, kema ortiqça yuklangani sababli ağdarilib ketgan. 33 kişini qutqarişga muvaffaq bölingan.