JÇning 3-turida ham pley-offga çiqiş imkonini saqlab qolişimiz muhim edi. Qadrdonimiz Kolumbiya Kongoni yengib, bizga ana şu imkonni taqdim etdi. Töğri, hammasi öz qölimizda emas, boşqa öyinlarni kuzatişga majburmiz. Lekin baribir oxirgi öyingaça imkon borligi futbolçilarni böşaşmay öynaşga undaydi. Buning ustiga, oxirgi turdagi raqibimiz Portugaliya kabi qörqinçli emas, ularga tişimiz ötadi.
Qay holatda çiqamiz?
Oldingi JÇlarida jamoalar soni 32 ta bölgani uçun 8 ta guruhda birinçi va ikkinçi örinni olganlar keyingi bosqiçga çiqib, 1/8 final öyinlari boşlanardi. Bu gal jamoalar soni 48 ta. 12 ta guruhdan 2 tadan jamoa çiqsa, 24 ta böladi. 1/8 final uçun jamoalar köp, 1/16 final uçun kam, şu sabab uçinçi örinni olgan jamoalar içida eng yaxşi natija qayd etgan 8 jamoa ham pley-offga çiqadi. Biz endi ana şu 8 jamoadan biri böliş uçun harakat qilamiz. Bu uçun Kongoni faqat yengişimiz kerak, imkon bölsa yirikroq hisobda.
Vaziyat qanday?
Şvetsiya, Jazoir, Xorvatiya, Paragvay, Şotlandiyada 3 oçkodan bor va ularning imkoniyati yaxşiroq. Lekin heç bir jamoa uçinçi örinlar uçun beriladigan 8 yöllanmani naqd qilmagan.
Keling, har bir guruhni qarab çiqib, 3-örinni kim olişi mumkinligiga töxtalamiz. Bugungi «A» guruhi öyinlarida Janubiy Koreya va Meksikaga muxlislik qilamiz. Ular Çexiya va JARni mağlub etişsa, bu guruhning uçinçi jamoasida 1 oçko böladi, kimdir durang öynasa, 2 oçko. Biz uçun bölaveradi.
«B» guruhida ehtimoliy uçinçi örin sohiblari Bosniya va Qatar özaro öynaydi. Bu öyinda bizni durang qoniqtiradi. Kimdir yutsa, oçkosi 4 ta bölib, bitta yöllanmani naqd qiladi.
«C» guruhidagi Şotlandiya birinçi turda Haitini yengib pley-off tomon katta qadam taşlab bölgan. Oxirgi turda Marokaş Haitini yengsa kerak, şotlandlar Braziliyaga juda katta hisobda yutqazmasa, sakkiztalik yöllanmaga ilinadi.
«D» guruhida ikkinçi va uçinçi örin uçun Avstraliya hamda Paragvay kuraşadi. Biz uçun «kengurular» Paragvayni imkon qadar yirik hisobda yengişi yaxşi. Turkiya va AQŞ öyini esa biz uçun heç nimani özgartirmaydi, NATOçilar bilgan hisobida öynayversin.
«E» guruhida vaziyat biz uçun yaxşi. Kot-d’Ivuar oxirgi turda Kyurasaoni yengsa kerak. Germaniya ham böşaşmay Ekvadorni mağlub etişiga umid qilamiz. Şunda bu guruhning uçinçi jamoasi 1 oçko bilan qolib ketadi. «F» guruhini yuqorida esladik, barçasi şvedlarning öz qölida. «G» guruhida Eron yoki Belgiya oçko yöqotiş kerak. Guruh peşqadami Misr Eronni, Belgiya Yangi Zelandiyani yengsa, qit’adoşimiz Eron 2 oçko bilan uçinçi böladi. Bu bizni qoniqtiradi. Belgiya va Eron örin almaşişi ham mumkin. Asosiysi, kimdir 2 oçko bilan uçinçi bölsin.














