Şri-Lankadagi davomli teraktlar qurbonlari soni 200 nafardan oşdi.
News 1st manbasi politsiyaga asoslanib xabar qilişiça, ayni vaqtga kelib terakt oqibatida halok bölganlar soni 215 nafarni taşkil qilmoqda.
Şuningdek, 450dan ortiq kişi jarohatlangan.
Bundan avvalgi xabarlarda hukumat teraktlar oqibatida halok bölganlar soni 161 nafarligini tasdiqlagandi.
21 aprel kuni tongda Şri-Lanka poytaxti Kolombodagi 3ta mehmonxona va bitta çerkovda, şuningdek Negombo va Battikaloadagi ikki çerkovda portlaşlar sodir etildi. Kunning ikkinçi yarmida yana ikki portlaş röy berdi, ulardan biri - Kolombodagi terakt xudkuş tomonidan sodir etildi.













