Sönggi yillarda Nipah virusi epidemiyalari muntazam ravişda Hindistonda kuzatilmoqda, şu bilan birga insonga yuqiş holatlari Janubiy-Şarqiy Osiyo mamlakatlarida ham röyxatga olinadi. Ammo Nipah virusi Özbekistonda qayd etilmagan – epidemiologik vaziyat barqaror, bu haqda Sanepidqömita xabar berdi.

Qayd etilişiça, Nipah virusi zoonoz kasallik bölib hayvonlardan insonga yuqadi masalan, körşapalaklardan. Şuningdek, zararlangan oziq-ovqat orqali va odamdan-odamga ham yuqişi mumkin. Nipah virusi – boş miya yalliğlanişi yoki nafas yöllari kasalliklari bilan keçadigan jiddiy xastalikni keltirib çiqaradi.

Ta’kidlanişiça, uşbu kasallikning Özbekistonga kirib keliş ehtimoli juda past. Ammo Hindistonga borişni rejalaştirayotganlar quyidagi tavsiyalarga amal qilişi muhim:

- şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etiş;

- qöllarni sovun bilan yaxşilab yuviş;

- antiseptik vositalardan foydalaniş;

- mevalar va sabzavotlarni iste’mol qilişdan avval yuviş;

- tekşirilmagan suvni içmaslik;

- körşapalaklar tirnaşi yoki tişlaşi oqibatida teşilgan mevalarni iste’mol qilmaslik.

Tavsiyaga köra, agar yuqori harorat, kuçli boş oğriği yoki boşqa kasallik belgilari paydo bölsa, darhol şifokorga murojaat qiliş kerak.

Xabarga köra, Özbekistonda epidemiologik vaziyatni barqaror uşlaş hamda çetdan kirib kelişi mumkin bölgan kasalliklarning oldini oliş maqsadida 54 ta çegara punktida doimiy nazorat olib borilmoqda.