Davlat xaridlariga doir idoraviy hujjatlarga tuzatişlar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.
 
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini taşkil etiş hamda ötkaziş borasidagi faoliyati töğrisidagi nizomga va Xarid qiliş tartib-taomillarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga quyidagi özgartiriş va qöşimçalar kiritildi:
 
birinçidan, budjet buyurtmaçilari elektron dökonda xarid qiliş jarayonida va auksionda iştirok etişdan oldin zakalat (tegişinça iştirokçi ofertasi qiymatining va auksion boşlanğiç narxining 3%i) tölaş majburiyatidan ozod etildi. Biroq korporativ buyurtmaçilar uçun bu ilgarigidek majburiy hisoblanadi. «Budjetdagilar» elektron davlat xaridlarida iştirok etiş uçun özlarining hisob-kitob-kliring palatasidagi (HKKP) hisobraqamlariga operatorning vositaçilik yiğimini ötkazadilar.
 
Şu tariqa, elektron davlat xaridlarida iştirok etiş şartlari quyidagiça:

• korporativ buyurtmaçilar va iştirokçilar uçun – ularning HKKPdagi hisobraqamlarida avans tölovining yetarli summasi, ya'ni operatorning vositaçilik yiğimi va zakalat summasining mavjud bölişi;
• budjet buyurtmaçilari uçun – Moliya vazirligining davlat moliyasini boşqariş axborot tizimi tomonidan band qöyilgan e'lon yoki ofertaning yetarli summasi, şuningdek operatorning HKKPdagi hisobraqamlarida vositaçilik yiğimi summasining mavjud bölişi. 

Ma'lumot uçun: Budjet buyurtmaçilari – davlat organlari, budjet taşkilotlari, xarid qiliş tartib-taomillarini amalga oşiriş uçun, şuningdek davlat maqsadli jamğarmalariga yönaltiriladigan budjet mablağlarini oluvçilar.

Korporativ buyurtmaçilar – 50% va undan ortiq davlat uluşiga ega davlat korxonalari, yuridik şaxslar, şuningdek ustav fondidagi 50% va undan ortiq uluş 50% va undan ortiq davlat uluşiga ega yuridik şaxsga tegişli bölgan yuridik şaxslar.  
 
ikkinçidan, xarid qiliş tartib-taomillari yakunlariga köra tuzilgan şartnomalar böyiça tölov muddati:

• budjet buyurtmaçilari uçun belgilandi – Moliya vazirligi Ğaznaçiligi şartnomalar tuzilganligi töğrisidagi axborotni olgandan söng 1 iş kuni mobaynida şartnoma summasini HKKPga ötkazib beradi. Bunda oldindan tölov şartlari şartnomada nazarda tutiladi;
• korporativ buyurtmaçilar uçun qisqartirildi – şartnoma portalda röyxatga olingan paytdan boşlab 10 kundan 5 kungaça. Bu paytda ular şartnoma böyiça tölovlarni töliq hajmda tölaş uçun özlarining HKKPdagi hisobraqamlariga pul mablağlarini ötkazişlari kerak (zakalat şartnoma böyiça tölaş summasiga qöşib hisoblanadi);
 
uçinçidan, hujjatlarni ilgari qabul qilingan quyidagi hujjatlarga muvofiqlaştiriş maqsadida bir qator özgartirişlar kiritildi:

• davlat boşqaruvi organlari qayta taşkil etilişi munosabati bilan;
• davlat xaridlari sohasida vakolatli organ özgarişi bilan boğliq bölgan – uşbu funksiyalar LBMAdan Moliya vazirligiga ötkazildi;
• auksion va tanlov ötkaziş töğrisidagi e'lonlarni joylaştiriş muddatlari özgarişiga taalluqli bölgan (27.09.2018 yildagi PQ–3953-son qarorning 4-bandi) va h.k.
 
Hujjatlar 22.04.2019 yildan kuçga kirdi.