2019 yil 23 aprel kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, majlisda dastlab «Fuqarolar soğliğini saqlaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimça kiritiş haqida»gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.
Prezidentning 2018 yil 12 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan işlab çiqilgan mazkur qonun loyihasi keçiktirib bölmaydigan vazifa — bugungi kunda mamlakatimiz soğliqni saqlaş tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, tatbiq etilayotgan maqsadli dasturlar bilan bir qatorda, ajdodlardan bizga meros bölib kelayotgan xalq tabobatini rivojlantiriş, uni huquqiy tomondan mustahkamlaş maqsadida qonunçilik tizimini şakllantirişga qaratilgan. Asosiy e'tibor xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatiş bilan şuğullanadigan şaxslarga yoki tabiblar tomonidan körsatilayotgan xizmatlar fuqarolarning hayoti va soğliğiga bevosita daxldor ijtimoiy masala bölganligi bois ular faoliyatini qonun doirasida tartibga soliş, huquqiy maqomini belgilaşdir.
Tahlillarga qaraganda, xalq tabobati faoliyatining muvofiqlaştirilmasligi va nazorat qilinmasligi sababli hamda ayrim tabiblar tomonidan sifatsiz xizmatlar körsatilişi natijasida iste'molçilarning qonuniy huquq va manfaatlarining buzilişiga sabab bölayotganini körsatmoqda. Buni Oliy sud tomonidan 2010-2017 yillarda tabiblar xizmatlaridan foydalanuvçi aholining huquqlari buzilişi bilan boğliq 1529 ta iş körib çiqilgani ham yaqqol tasdiqlaydi.
Deputatlarning fikriça, uşbu qonun loyihasi xalq tabobati sohasini tartibga soluvçi qonunçilikni şakllantirişga asos böladi. Şuningdek, xalq tabobati usulida xizmat körsatiş böyiça faoliyatni litsenziyalaş tibbiy faoliyatni litsenziyalaş uçun belgilangan tartibda tibbiy ta'lim ma'lumoti mavjudligi talabidan taşqari amalga oşirilişiga, Soğliqni saqlaş vazirligi belgilagan xizmat körsatiş hajmi va tartibiga, sanitariya qoida va normalariga muvofiq aholiga tibbiy xizmat körsatilişiga, soxta tabiblar faoliyatiga çek qöyilişiga imkon beradi. Muhokamalardan söng qonun loyihasi ikkinçi öqişda qabul qilindi.












