Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Unga köra, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga 7 500 000 (yetti million beş yuz ming) söm miqdorida biryöla pul mukofoti belgilangan.

Mazkur Farmonni bajariş bilan boğliq sarf-xarajatlar Özbekiston Respublikasi respublika budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Hujjatda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga uşbu pul mukofoti tantanali va bayramona vaziyatda topşirilişini ta'minlaşi körsatilgan.

Ma'lumot uçun, bugungi kunda Özbekistonda 878 nafar uruş faxriysi bor.