Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Taşqi iqtisodiy faoliyatni amalga oşirişda ma'muriy tartib-taomillarni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qömitasi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, “Özstandart” agentligi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasining 2021 yil 1 yanvarga qadar BMTning Savdo tartib-taomillarini soddalaştiriş va elektron iş amaliyotlari böyiça markazi tomonidan işlab çiqilgan “yagona darça” mexanizmini yaratiş böyiça tavsiyalar va yöl-yöriq tamoyillari mezonlariga javob beradigan “Yagona darça” bojxona axborot tizimini (“Yagona darça” BAT) joriy etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

“Yagona darça” BATni joriy etişda taşqi iqtisodiy faoliyat sub'yektlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratadigan mexanizm nazarda tutiladi:

import, eksport va tranzitga taalluqli barça tartibga soliş talablarini bajariş maqsadida standartlaştirilgan ma'lumotlar va hujjatlarni yagona ötkaziş kanalidan foydalangan holda taqdim etiş;

axborot almaşinuvning maxfiyligi va xavfsizligini ta'minlovçi normativ-huquqiy baza bilan mustahkamlagan holda, taşqi savdo bitimlariga doir barça axborotlarni almaşiş;

davlat bojxona xizmati, vakolatli organlar, şuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ruxsat etuvçi hujjatlarni rasmiylaştirişning bosqiçlarini masofadan kuzatiş;

barça uçun oçiq bölgan elektron şakldagi ruxsat etuvçi hujjatlar reyestrlarini yuritişga töliq ötiş;

Özbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlardagi epizootik, karantin va fitosanitariya holatlari töğrisidagi oçiq ma'lumotlarni eng sönggi körsatkiçlar holatida uşlab turiş;

dastlabki ma'lumotlar asosida tovarlar Özbekiston Respublikasi hududiga amalda yetib kelişiga qadar ruxsat beruvçi xarakterga ega hujjatlarni beriş.
“Yagona darça” BATning samarali va töliq faoliyat yuritişi, şuningdek, vakolatli organlarning nazorat punktlaridagi işlarini tizimli yondaşuv va doimiy nazorat asosida taşkil etiş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi (Azimov), Soğliqni saqlaş vazirligi (Şodmonov), Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi (Qöçqorov), “Özstandart” agentligi (Sattorov) va “Özdavkarantin” inspeksiyasi (Ergaşev) rahbarlarining şaxsiy javobgarligi körsatib ötilgan.

Taşqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini takomillaştiriş çora-tadbirlarini amalga oşiriş böyiça işçi guruhi taşkil etildi.

Işçi guruhi 2019 yil 1 oktyabrga qadar bölgan muddatda bojxona ma'muriyatçiligini isloh qiliş, davlat nazorati samaradorligini oşiriş, TIF iştirokçilarining xarajatlarini qisqartiriş sohasida tanqidiy tahlillar ötkazadi va tahlillar yakunlari asosida Taşqi iqtisodiy faoliyat jarayonini takomillaştiriş böyiça konsepsiya va uni amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”ni tasdiqlaş uçun kiritadi. Bunda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:

haddan ziyod ma'muriy tösiqlar va davlat organlarining bir-birini takrorlovçi funksiyalarini bekor qiliş;

resurslar çeklanganligi şaroitida davlat xarajatlarining erişilgan yoki kutilayotgan samaraga nisbatini inobatga olgan holda, xavf-xatarlarni boşqarişning tölaqonli tizimini joriy etiş;

“bojxona hududida qayta işlaş” bojxona rejimini keng qöllaş;

bojxona körigida tovarlar qadoqlarini buzib oçiş holatlarini qisqartiriş.