2019 yilning 23 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi körib çiqildi va birinçi öqişda qabul qilindi.
“Yuksaliş” umummilliy harakati matbuot xizmati xabariga köra, hujjat loyihasi bilan quyidagilar xususiylaştiriş obektlari hisoblanadi:
yuridik şaxslarga xususiylaştiriladigan yoki ularga mulk huquqi asosida tegişli bölgan bino va inşootlar, sanoat infratuzilmasi obektlari yer uçastkalarida joylaşgan, şuningdek, ularga tutaş va işlab çiqariş faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur miqdordagi yer uçastkalari;
Özbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibdagi uy-joy quriş va turar-joyiga xizmat körsatiş uçun beriladigan yer uçastkalari;
böş turgan yer uçastkalari;
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi qoşidagi Urbanizatsiyani rivojlantiriş jamğarmasiga belgilangan tartibda taqdim etilgan yer uçastkalari.
Yer egalari yer olib qöyilişi haqida neça oy oldin xabardor etilişi şart?











