Bugun, 23 aprel kuni ijtimoiy tarmoqda «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi Iskandar Xalilov fond mablağlari hisobidan özi foydalanişi uçun «Malibu 2» xizmat maşinasi olgani haqida xabar tarqaldi.
Unda fondga yordam sörab borgan kişi rais hali davlat raqami taqilmagan «Malibu» minib kelganiga guvoh bölgani, uning öziga esa «navbat köpligi va pul kamligi» sababli moddiy yordam körsatilmagani haqida aytgan.
«Odamlar ne-ne niyatlarda xayriya qilişadi. Odamlar fond rahbari «Malibu»da yursin deb xayriya qilişmagandir axir.
Nima bölganda ham, «Vaqf» fondi juda xayrli işlarni köp qilişyapti, ammo xalqning pulini bunday talon-toroj qiliş yaxşi emas. Undan köra, kiçikroq yengil maşina olib, qolgan mablağlarni yana xayrli işga sarflaş odobdan bölar edi», deyiladi xabarda.
Ma'lumot bergan şaxs fond xodimidan bu qimmatbaho avtomobil «Muftiy ruxsati bilan fond mablağlari hisobidan xarid qilingani»ni tasdiqlatib olgan.
Azon.uz portali uşbu masalaga aniqlik kiritiş maqsadida Fond raisining birinçi örinbosari Zohidjon Törayev bilan boğlanib, ma'lumot olgan. Moliya-xöjalik masalalariga bevosita mas'ul bölgan Törayevning aytişiça, bugungi kunda fond tomonidan xayr-ehson, zakot va vaqf uçun ajratilgan 3ta, turli yönalişlardagi aksiyalarning (kitob, betoblar uçun mablağ yiğiş, suv çiqariş va h.z.) 10ta hisob raqami, şuningdek masjidlar va ziyoratgohlar ehson tuşumlariga möljallangan 2ta va fondning asosiy hisob raqami, jami 16ta hisob raqami yuritiladi.
Har bir hisob raqami aniq maqsadlarga yönaltirilgan bölib, manbasi belgilab qöyilgan.
«Haqiqatan fond tomonidan «Malibu 2» avtomobili xarid qilindi. Lekin bu xabarlarda ta'kidlanganidek xayr-ehsonlar emas, balki Fondning asosiy hisob raqamidagi mablağlar hisobidan sotib olingan. Uşbu hisob raqamiga Musulmonlar idorasi tomonidan mablağ ajratiladi», deya javob qaytargan raisning birinçi örinbosari «Malibu 2» avtomobili haqidagi savolga.
Özbekiston musulmonlari idorasi huzurida «Vaqf» xayriya jamoat fondi taşkil etilganiga bir yil böldi. Mazkur fond Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni doirasida taşkil etilgan.
Ma'lumot uçun, aprel oyidagi baholarga köra, GM Uzbekistan AJ tomonidan işlab çiqarilgan «Malibu 2» avtomobili narxi 276 million sömga yaqinni taşkil etadi - bu Özbekistonda işlab çiqariladigan eng qimmatbaho avtomobildir.











