Adliya vazirligining huquqiy maslahat berişga möljallangan advice.uz portali rasman iş boşladi. Bu haqida Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumining oçiliş marosimida ma'lum qilindi.
Mazkur portal 2019 yil 9 yanvardagi «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida»gi Prezident Farmoniga asosan işga tuşirilgan bölib, fuqarolarga onlayn yuridik maslahat berişni maqsad qiladi.
Advice.uz loyihasi Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçixonasi bilan hamkorlikda Britaniyaning Citizens Advice tarmoği tajribalaridan foydalangan holda yölga qöyildi.

«Advice.uz qiyin huquqiy iboralar asosida emas, balki keng aholi uçun tuşunarli bölgan tilda yaratildi. Portalning asosiy kontenti rus va özbek tillarida, şuningdek, xorijliklar uçun 8ta çet tilida ham ma'lumotlar mavjud. Huquqiy yönalişlarni belgilaşda Prezident portaliga kelib tuşgan asosiy murojaatlarning mazmunidan kelib çiqdik. Loyiha Citizens Advice kabi muvaffaqiyat qozonişiga işonaman», deydi Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi janob Kristofer Allan.
Portalda quyidagi huquqiy masalalar böyiça ma'lumot oliş mumkin:
- mehnat qonunçiligi;
- çet elda işlaş tartibi — migratsiya;
- pasport tizimi;
- oila munosabatlari;
- uy-joy, kommunal xöjalik;
- fuqarolar tadbirkorligi;
- ijtimoiy himoya masalalari;
- soğliqni saqlaş;
- bank, soliq masalalari;
- transport sohasidagi qonunçilik;
- davlat xizmatlari;
- iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş;
- ta'lim qonunçiligi;
- sud-huquq masalalari, huquqiy himoya;
- majburiy ijro byurosi, nizolarni hal qiliş;
- harbiy xizmat.
Bundan taşqari, maxsus onlayn-maslahatçi xizmati orqali ham huquqiy masalalarga yeçim topiş imkoniyati mavjud.










