Milanning moda uylari butiklari joylaşgan Montenapoleone köçasi dunyodagi eng qimmat ijara haqiga ega savdo nuqtasiga aylandi. U ilk bor mazkur reytingdagi asosiy «raqobatçilari» — Nyu Yorkdagi Beşinçi avenyu hamda Londondagi Nyu-Bond stritni ortda qoldirdi.

138 ta global savdo markazlaridagi vaziyatni kuzatiş bilan şuğullanuvçi Cushman & Wakefield kompaniyasi hisobotiga köra, uşbu köçada joylaşgan binolarning ijara haqi bir yil içida 11 foizga qimmatlaşib, metr kvadrati uçun 20 ming yevroga yetgan.

Ekspertlarning qayd etişiça, 34 yil içida ilk bor Yevropada joylaşgan köça reytingda yetakçilik qilmoqda. Ötgan yili Chanel va Gucci haşamatli buyumlar bilan savdo qiluvçi brendlar örtasida kuçayib borayotgan raqobat şaroitida Montenapoleoneda yangi dökonlarini oçgan.

Gucci va Alexander McQueen kabi brendlarga egalik qiluvçi Kering kompaniyalar guruhi Milandagi köçada joylaşgan bino uçun 1,3 milliard yevro töladi — bu Yevropada oxirgi ikki yil içida köçmas mulk sohasida amalga oşirilgan eng yirik bitimga aylandi.

Cushman & Wakefield vakili Tomas Kasolaning sözlariga köra, lyuks brendlar «juda kam imkoniyatlar şaroitida yaxşi joy topiş uçun köplab mablağlarini tikmoqda». Uning hisoblaşiça, Montenapoleoneda ijara haqining tez oşib borişi köça Beşinçi avenyu yoki Nyu-Bond stritdan ança qisqa ekaniga boğliq, ammo xalqaro brendlar investitsiya kiritib, aynan şu yerga intilmoqda.

Şuningdek, eng qimmat köçalar reytingidan Yelisey maydoni va Honkongdagi Çimsaçyoy köçasi ham örin oldi. Top-10 röyxatga Vena markazidagi Kolmarkt savdo köçasi yakun yasadi.