Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligining faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi (“Özstandart”), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Taşqi savdo va investitsiyalar vazirligining quyidagi tartibni joriy etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.
Uşbu tartibga muvofiq:
Özbekiston Respublikasida işlab çiqariladigan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalaş yöli bilan tasdiqlaş huquqi berilgan tadbirkorlik sub'yektlari kalendar yil yakunida işlab çiqarilgan deklaratsiyalangan mahsulotlar realizatsiyasi böyiça muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uçun bir martalik tölovni amalga oşiradi;
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlarining "Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi xizmatlari uçun” mukofoti laureatlari bölgan mahalliy korxonalar nomzod mahsulot böyiça muvofiqlik sertifikati amal qiliş muddatida muvofiq belgisidan foydalanganlik uçun bir martalik tölovdan ozod etiladi.
Özbekiston Respublikasi prezidentining “Texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq:
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar standartlaştiriş va metrologiya boşqarmalari tugatilib, Texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş va metrologiya sohasidagi qonunçilik talablariga rioya qilinişini ta'minlaş departamenti taşkil etilgan;
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktyabrdagi 342-son qarori bilan taşkil etilgan “Özstandart” agentligi huzuridagi Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştirişni rivojlantiriş maxsus jamğarmasining qöşimça xarajatlari moddalari nazarda tutilgan.
Belgilab qöyilişiça:
Departament tugatilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar standartlaştiriş va metrologiya boşqarmalarining 2018 yil 12 dekabrga qadar imzolangan şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi;
Faoliyatni sifatli amalga oşiriş uçun avtotransport vositalarini, aloqa va Internet resurslarini ajratiş, şuningdek, Departament hududiy inspektorlarining ehtiyojlari uçun boşqa moddiy-texnika vositalarini ajratiş bilan boğliq bölgan va “Özstandart” agentligi tomonidan aniqlanadigan xarajatlar Qoraqalpoğiston Respublikasida, viloyatlar va şaharlardagi sinov va sertifikatlaştiriş markazlarining öz mablağlari hisobidan qoplanadi.












