Xorazm viloyati markazi Urganç şahrida «Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari» mavzuida «Central Asia – 2019» XIII xalqaro konferensiyasi boşlandi, deb xabar beradi Kun.Uz muxbiri.

24 aprel kuni Ma'naviyat va ma'rifat markazi majlislar zalida tadbirning tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Unda 10dan ortiq mamlakatdan, xususan, AQŞ, Rossiya, Turkiya, Belarus, Qozoğiston, Turkmaniston va Pokistondan taşrif buyurgan xalqaro ekspertlar, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, naşriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta'lim muassasalari öqituvçilari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari iştirok etişdi.

Tadbirning oçiliş marosimida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti professori Marat Raxmatullayev, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teşabayeva, Belarus Milliy kutubxonasi direktori Roman Motulskiy, AQŞ kutubxona fondi ijroçi direktori Merris Sumrall sözga çiqişdi.

Belarus Milliy kutubxonasi direktori Roman Motulskiy tabrik sözidan keyin, maşhur şarqiy slavyan noşiri Fransisk Skorina tomonidan yaratilgan ilk alifbe kitobining nusxasini Özbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teşabayevaga sovğa tariqasida topşirdi.

Xalqaro konferensiya öz işini 26 aprelgaça davom ettiradi. Iştirokçilar «Jamiyatning innovatsion taraqqiyotida axborot-kutubxona infratuzilmasining roli», «Kutubxona xizmatlari samaradorligini oşirişda yetakçi axborot texnologiyalari va resurslari», «Zamonaviy axborot jamiyatida mutolaa madaniyatini rivojlantirişning dolzarb masalalari», «Elektron arxivlar, muzeylar va nodir kutubxona fondlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tajribasi» mavzusida ma'ruza öqişadi va bahs-munozara yuritişadi.

Şuningdek, «Xorijiy axborot resurslari: ma'lumotlar bazalari va tizimlar bilan işlaş asoslari» mavzuida mahorat darslari, «UZNEL» axborot tizimida işlaş» mavzuida trening ötkaziladi.