Vazirlar Mahkamasining “Maktabgaça hamda umumta'lim muassasalari faoliyatini tekşiriş işlarini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini tekşiriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini tekşirişning maqsadi maktabgaça ta'lim böyiça yagona davlat siyosatini amalga oşirişda maktabgaça ta'lim muassasalarining roli va mas'uliyatini kuçaytiriş, maktabgaça ta'lim muassasalari tarbiyalanuvçilari rivojlanişiga qöyiladigan davlat talablariga muvofiq sifatli ta'lim-tarbiya berilişini ta'minlaş uçun şart-şaroitlar yaratiş, maktabgaça ta'lim muassasalaridagi ijro intizomini mustahkamlaş, pedagoglar va boşqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravişda aralaşuvga çek qöyiş, nazorat qiluvçi va boşqa davlat organlari tomonidan ta'lim-tarbiya sifatiga ta'sir körsatuvçi omillarni aniqlaş va bartaraf etişdan iborat.
Quyidagilar maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini tekşirişning vazifalari hisoblanadi:
maktabgaça ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini, pedagoglarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oşirişga kömaklaşiş;
qonun hujjatlari buzilişi holatlarini çuqur tahlil qiliş va ularni sodir etiş şart-şaroitlarini bartaraf qiliş böyiça aniq çora-tadbirlarni işlab çiqiş;
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi öz vaqtida va sifatli ta'minlanişini taşkil etiş;
maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatida kam samarali taftişlarni qisqartiriş bilan bir vaqtda tölaqonli tekşirişlar samaradorligini oşiriş;
maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatidagi oçiqlik, şaffoflik va hisobdorlikni ta'minlaş, ta'lim-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat nazoratini örnatiş;
maktabgaça ta'lim muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişini taminlaş;
davlat organlari va taşkilotlarining maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyati bilan boğliq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilaş va tartibga soliş.
Maktabgaça ta'lim muassasalarida:
tarbiyalanuvçilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini ta'minlaş masalalari böyiça tekşiriş - Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiruvçi maxsus bölinmalari tomonidan;
yonğin xavfsizligi töğrisidagi qonun hujjatlariga amal qilinişini örganiş, yonğinlarning oldini oliş hamda ularni öçirişga qaratilgan huquqiy, taşkiliy va ilmiy-texnik çora-tadbirlarni amalga oşiriş masalalari böyiça tekşiriş - Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Davlat yonğin xavfsizligi xizmati va uning hududiy bölinmalari tomonidan;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisidagi qonun hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinişini örganiş, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarşi tadbirlarni amalga oşiriş, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvçilarning sanitariya madaniyati darajasini oşiriş, davlat sanitariya nazoratini amalga oşiriş masalalari böyiça tekşiriş - Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan;
mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinişini örganiş, xodimning hayoti va soğliği ustuvorligini ta'minlaş, mehnatni muhofaza qilişga oid talablarga rioya etilişi ustidan nazorat va tekşiruvni amalga oşiriş, xodimlarni ijtimoiy himoya qiliş masalalari böyiça tekşiriş - Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka kömaklaşiş va aholini iş bilan ta'minlaş markazlari tomonidan;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinişini örganiş, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etiş va zararini kamaytiriş yuzasidan çoralarni amalga oşiriş, favqulodda vaziyatlar şaroitida harakat qilişga tayyor bölişni taşkil etiş, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş tadbirlari bajarilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş masalalari böyiça tekşiriş - Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegişli hududiy bölinmalari tomonidan;
yer, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va ösimlik dunyosini muhofaza qiliş hamda ulardan foydalaniş, atmosfera havosini muhofaza qiliş sohasidagi qonunçilikka rioya etilişi ustidan davlat ekologik nazoratini örnatiş, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş işlarini muvofiqlaştiriş borasida yagona siyosatni amalga oşiriş, çiqindilar bilan boğlik işlarni amalga oşiriş, pedagoglar va tarbiyalanuvçilarning ekologik madaniyatini oşiriş masalalari böyiça tekşiriş - Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi va uning tegişli hududiy bölinmalari tomonidan amalga oşiriladi.












