«Real» rahbariyatidagilar «Mançester Yunayted»ning fransiyalik havbeki Pol Pogba va «Çelsi»ning belgiyalik yarimhimoyaçisi Eden Azar yozda klubga kelib qöşilişiga işonçi komil.
Sky Spors manbasi ma'lumotiga köra, «Real» rahbariyati jamoa bu mavsumda Çempionlar ligasida va Ispaniya çempionatida muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan keyin klubni qayta qurişga jiddiy qaror qilgan.
Xabar qilinişiça, ayni vaqtda 26 yoşda bölgan Pogba va 28 yoşli Azar madridliklar boş murabbiyi Zinedin Zidan tomonidan tuzilgan transferlar röyxati boşida joylaşgan. Ikki futbolçi ham bir neça martadan «Real»ga ötişga qarşi emasligini bildirgan.
Qayd etilişiça, Ole-Gunnar Sulşer boşqaruvidagi «MYu»ning öyin uslubini bir neça marta tanqid qilgan Pol Pogba agar jamoa bu mavsum yakunlariga köra «kuçli törtlik»ka kira olmasa va Çempionlar ligasiga yöllanma ololmasa klubni tark etişga ahd qilgan.
Eden Azarning esa «Çelsi» bilan şartnomasi 2019 yil iyunida tugaydi, ammo belgiyalik futbolçi şu vaqtga qadar londonliklar bilan yangi şartnoma tuzmadi. Xabarlarga köra, «Çelsi» Azarni «Real»ga kamida 100 million funtga sotişni rejalaştirgan.
Angliya çempionatining joriy mavsumida Pogba «MYu» uçun 32 öyinda maydonga tuşgan va 13 gol urib, 9 golga assistentlik qilgan.
Azar esa «Çelsi»ning APL doirasidagi 34 öyinida maydonga tuşib, 16 gol urgan hamda 13 golli uzatmaga mualliflik qilgan.











