Sudanning armiya tomonidan hokimiyatdan çetlatilgan sobiq prezidenti Umal al-Başirning soğliği jadal yomonlaşmoqda. Bu haqda Sudanning Akhir Lahza naşri ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda Xartumning markaziy turmasida saqlanayotgan 75 yoşli siyosatçi bir neçta kasallikdan aziyat çekadi. “Uning ortidan terapevt, kardiolog, otolaringolog, nevropatolog va revmatologdan iborat şifokorlar brigadasi muntazam kuzatuv olib bormoqda. Turmadagi şaroitlar al-Başirning salomatligi ortidan tegişliça kuzatuv olib boriş va uning zöraygan kasalliklarini davolaşga imkon bermaydi”, deyilgan xabarda.
Avvalroq al-Başir turmada oçlik e'lon qilib, ovqat yeyişdan boş tortgani, uning holati venaga yuboriluvçi ozuqaviy dorilar bilan qöllab-quvvatlanayotgani haqida ma'lumot berilgan.
Sky News Arabiya telekanalining xabar berişiça, uzoq yillar raisi al-Başir bölgan “Milliy kongress” partiyasining aktivlari 31 mlrd dollardan oşadi. Bu aktivlarga 3 mingdan köproq kompaniya va muassasa, 5 mingdan köproq qimmatbaho avtomobil, turli investitsiyaviy jamğarmalar, 1,5 ming bino kiradi.
Sudanning “At-Tayyor” naşrining yozişiça, uşbu aktivlardan aksariyati sirli tarzda ğoyib bölgan.












