Notinç dunyomizdagi eng xavfli hududlardan biri Sudan. Quyida Sudandagi inqiroz qayerdan boşlangani, hozir nimalar bölayotgani haqida imkon qadar qisqa gapirib berişga harakat qilamiz.
Ikkiga bölingan davlat
Uçinçi yilki fuqarolik uruşi içida yaşayotgan Sudan amalda ikkiga bölingan. Yöq, arablar boşqaruvidagi Sudan va davlat tili ingliz tili bölgan Janubiy Sudanning alohida bölinişini aytmayapman, bu endi yangilik emas, Sudan ikkiga bölinganiga 15 yil bölyapti. Hozir arablar boşqaruvida qolgan, aholisining deyarli barçasi sunniy musulmonlar bölgan Sudan respublikasi ham amalda ikkiga bölingan: Sudan hukumat kuçlari nazorat qiladigan va «Tezkor harakat kuçlari» deb atalgan isyonçi guruh nazorat qiladigan ikki qismga.
Hozir ana şu ikki guruh uruşyapti. Oxirgi vaqtlarda Sudan inqirozi axborot olamida tez-tez tilga olinayotganiga sabab ana şu «Tezkor harakat kuçlari» hukumat kuçlari nazoratidagi Al Faşr şahrini egallab olgani böldi. Harbiylaşgan isyonçi guruh şaharni egallab olganidan keyin yuzlab odamlarni qirib taşlagan. Rasmiy ma’lumotga köra Saudiya homiylik qiladigan kasalxonaning özida 460 kişi vahşiylarga otib taşlangan.
Tarmoqda bu guruh a’zolari odamlarni azoblab öldirayotgani, «Keçirim sörasang, omon qolasan», deb aldab otib taşlagani, maşinada bosib öldirayotgani aks etgan dahşatli videolar tarqaldi. Işoning, oxirgi yillarda sudanliklar xuddi Ğazodagidek dahşatli kun keçirmoqda. Farqi şundaki Ğazoda 1 milliondan, Sudanda 50 milliondan ortiq odam yaşaydi. 2023 yildan buyon davom etayotgan töqnaşuvlarda kamida 40 ming tinç aholi vakili halok bölgan, 15 millionga yaqin odam öz uyini taşlab qoçişga majbur bölgan.
Nimadan boşlandi?
Hammasi 2018 yil mamlakatdagi iqtisodiy ahvolga qarşi namoyişlardan boşlanadi. Fuqarolar mamlakatni 30 yildan buyon boşqarib kelayotgan Umar al Başir iste’fosini talab qila boşladi. Namoyişlardan tört oy ötib mamlakatda harbiy töntariş böladi, prezident Umar al Başir hibsga olinadi. Yangi rahbar armiya generali Abdul Fattoh al Burhon böladi. Yil oxirida Burhon yana bir harbiy töntariş qilib Sudanni töliq harbiylar boşqaruvidagi davlatga aylantiradi.
Ana şunda Sudan hukumati çinakam jahannam tomon yirik qadam qöyadi. Axir harbiy boşqaruvdagi davlatning kelajagi nima bölişini tarix köp marta körsatgan. Davlatni siyosatçilar emas, harbiylar boşqarsa, birinçi muammo hukumat talaşiş böladi. Buni biliş uçun daho böliş şart emas. Hukumatni qölga olgan general Burhon va uning örinbosari, eski vazifasi namoyişlarni tinçitiş bölgan «Tezkor harakat kuçlari» yetakçisi general Muhammad Hamdan Dagalo örtasida kelişmovçilik boşlanadi.







