«Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Pol Pogba faoliyatini «Real»da davom ettirişga yaqin.

AS`ning yozişiça, 26 yoşli xavbek «qaymoqranglilar» bilan imzolanajak bitim şartlarini kelişib olgan. Unga köra, Pol Madridda yiliga 12 mln yevro maoş oladi. Bu – uning Mançesterdagi maoşidan 2 mln yevroga köproq.

Bundan avval Pogbaning aynan moliyaviy talablari uning transferiga tösiq bölayotgani xabar qilingan edi.

Ma'lumot uçun, «qizil iblislar» hujumçi Aleksis Sançesga aynan şunça – yiliga 12 mln yevro tölaşadi, «Real» esa eng köp maoş oluvçi futbolçisi Garet Beylga 15 mln yevro iş haqi belgilagan. «Qirollik klubi» sardori Serxio Ramos esa yiliga 11,8 mln yevro maoş oladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq ingliz naşrlarida Pogbaning agenti Mino Rayola «Mançester Yunayted» vakillari bilan belgilangan uçraşuvni bekor qilgani yozilgan edi. Mazkur uçraşuvda futbolçi bilan şartnomani uzaytiriş masalasi muhokama qilinişi kerak edi.

Ta'kidlanişiça, Mançesterga kelganidan buyon klubning muvaffaqiyat qozona olmayotganidan Pogbaning xafsalasi pir bölgan. U faoliyatini «Real»da davom ettirişni istayotganini rahbariyatga ma'lum qilib ulgurgan.

Keça esa fransiyalik yulduz mankunianliklar bilan yozgi mavsumoldi sayohatiga boriş uçun talab qilinadigan Xitoy vizasini rasmiylaştirişni istamagani ma'lum bölgandi.