«PSJ» hujumçisi Neymar yevrokuboklardagi 3 öyindan diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda UYeFA saytida xabar berilgan.
Diskvalifikatsiyaga 27 yoşli braziliyalik futbolçi YeÇLning joriy mavsumi nimçorak finali doirasida «Mançester Yunayted»ga qarşi javob uçraşuvidan keyingi xatti-harakatlari sabab bölgan.
6 mart kuni Parijda keçgan javob uçraşuvi «MYu»ning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan, ikki öyin natijasiga köra inglizlar turnirning keyingi bosqiçiga çiqişgandi. Öyindagi hal qiluvçi gol ikkinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda mezbonlar darvozasiga belgilangan penaltidan urilgandi, öşanda hakam videotakrordan keyin töp himoyaçining qöliga tekkan deb topib, 11 metrlik nuqtani körsatgandi.
Öşa öyinda jarohati tufayli jamoasiga yordam bera olmagan Neymar öyindagi hakamlikdan norozi bölgan va hakamlar xonasiga bostirib kirmoqçi bölgan. Bundan taşqari, u Instagramdagi sahifasida hakamni qattiq haqoratlagan.
Neymar is very, very angry! 🤬 pic.twitter.com/0Ti4FoEeVH
— Goal (@goal) March 6, 2019












