Ukraina prezidenti saylovlarida ğalaba qozongan Vladimir Zelenskiy uning yaxtada dam olişi haqida OAVda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
Siyosatçi juma kuni oilasi bilan bir neça kun Turkiyada dam olmoqçi ekanligini, tört oydan buyon dam olmasdan işlaganini ma'lum qildi. Söngra ayrim naşrlarda Zelenskiy dam oliş kunlarini uzunligi 40 metrli yaxtada ötkazişni rejalaştirgani töğrisida xabarlar tarqaldi.
Ukrainaning yangi saylangan prezidenti matbuot xizmati bu xabarlarni yolğon deb atadi.
"Men oddiy odamman. Va haqiqat tarafdoriman. Menga yaxtalar va villalarning keragi yöq. Şunçaki ikki kun oilam va farzandlarim bilan bölmoqçiman", — deya Zelenskiydan iqtibos keltiradi Capital.ua.
Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni Ukraina prezidentligi uçun ötkazilgan saylovning ikkinçi turida raqibi, amaldagi prezident Petro Poroşenkoni katta farq bilan ortda qoldirib ğolib böldi - u saylovda iştirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olişga erişdi.












