Bir neça şaxsning erkak kişini kaltaklayotgani tasvirlangan video internetda tarqaldi. IIBB xabariga köra, uşbu video Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari tomonidan örganilgan va «Matiz» avtomaşinasi yölovçisini döpposlagan şaxslar aniqlangan.
Hodisa 22 aprel kuni soat 23:00larda Şayxontohur tumanidagi «Çaqar» mahallasida sodir bölgan. 38 yoşli A.X. tanişlari, 37 yoşli D.G. va 38 yoşli A.M. bilan uşbu mahallada joylaşgan kafeda keçki ovqat tanovul qilgan. Mast holatda bölgan A.X. uşbu kafeda işlovçi ofitsiant qiz, 23 yoşli R.R. bilan qöpol munosabatda bölgan. Mojaroga guvoh bölgan A. qizning yonini olgan, söng kafedan çiqib, ketmoqçi bölgan. A.X. va uning ikki tanişi uning ortidan çiqib, jamoat joyida özini tutiş qoidalariga rioya qilmasdan, keyinçalik internetda e'lon qilingan ziddiyatni keltirib çiqarişgan. Voqeadan söng A. ketgan, u hozirgi vaqtga qadar na davolaş muassasasi, na IIBga hodisa hamda tan jarohatlari haqida murojaat qilmadi, şu sababdan uning şaxsi hozirça aniqlanmadi. IIB xodimlari voqea joyiga yetib kelganida, bezorilar qonunga zid harakatlarni töxtatiş va yaqin oradagi IIB bölimiga boriş böyiça talablarni bajarişdan boş tortgan.
R.R.ning Şayxontohur tumani IIBga bergan arizasi böyiça A.X., D.G. va A.M.ga nisbatan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 183- (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismida (Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuzildi. Şayxontohur tumani ma'muriy işlar böyiça sudi uşbu şaxslarni huquqbuzarlik sodir etişda aybdor deb topdi va ularning har biriga 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi körinişidagi jazo tayinladi.
«Hurmatli fuqarolar va poytaxt mehmonlari! Uşbu hodisadagi jabrlanuvçining şaxsini aniqlaşda yordam berişingizni söraymiz. Ma'lumotni 102 telefoni yoki eng yaqin içki işlar bölimiga taqdim etiş mumkin», - deyiladi IIBB xabarida.












