2019 yil 22 aprel kuni Navoiy şahridagi “Rongya” nomli qöşma korxona rahbari IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi.

U şu yil 21 aprel kuni soat 08:00 dan 17:00 gaça bölgan vaqt oraliğida noma'lum şaxs vaqtinça ijarada yaşab kelayotgan uyiga kalit tanlaş yöli bilan kirib, u yerdan 104 mln. söm pullarini öğirlab ketganligini ma'lum qilgan.

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Toşkent şahar Şayxontohur tumani Özgariş köçasida röyxatda turib, vaqtinça Navoiy şahar Lomonosov köçasida yaşovçi, yuqoridagi qöşma korxona tarjimoni, 23 yoşli K.A. sodir etganligi aniqlanib, uşlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.