Moskvada özbekistonlik taksiçi badiiy gimnastika böyiça Rossiya sport ustasini zörlaşga urindi.
Rossiya Tergov qömitasining Moskva böyiça tergov boşqarmasi matbuot xizmati ma'lumotiga köra, 27 aprelga ötar tunda taksi haydovçisi sportçiga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlarni amalga oşirişga harakat qilgan. Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari gumonlanuvçini qölga olişdi.
Qiz avtomobilni öz vaqtida tark etişga ulgurgani uçun jabrlanmagan. Biroq u salonda sumkasini qoldirgan, haydovçi uni özi bilan olib ketişga qaror qilib, 30 ming rubllik öğirlikni sodir etgan.
Erkak kişiga «zörlaşga suiqasd qiliş» va «öğirlik» moddalari böyiça ayblov qöyildi.
Qayd etilişiça, qiz BostonCup xalqaro musobaqasining mutlaq çempioni, Rossiya jamoaviy birinçiligi sovrindori hisoblanadi.












