2019 yilning 1 may kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda taşrif bilan bölib turgan Eron Islom Respublikasi oliy diniy rahbarining maxsus vakili, EIR Taşqi aloqalar böyiça strategik kengaşi raisi Kamol Xarroziy bilan uçraşdi.
Suhbatda Özbekiston – Eron kun tartibidagi masalalar hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi, deya xabar tarqatdi TIV.
Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda hamkorlik qilişga özaro qiziqiş mavjudligi tasdiqlangan.
BMT, ŞHT, IHT va boşqa taşkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga töxtalib ötildi. Eron tomoni 2020 yilda IHTning Fan va texnologiyalar böyiça Toşkent şahrida ötkaziladigan ikkinçi sammitida özining iştirok etişini tasdiqladi.
Tomonlar taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarni va Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişini ötkazişni qöllab-quvvatladi.
Mintaqaviy masalalar böyiça fikr almaşiş çoğida «Mozori-Şarif – Hirot» temir yölini quriş istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi, Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon transport koridori töğrisidagi şartnomani tölaqonli amalga oşirişning mintaqalararo aloqalarni mustahkamlaşda tutadigan muhim ahamiyati qayd etildi.
Uçraşuvda turistik va madaniy-gumanitar almaşuvlar kölamini oşiriş masalalari ham körib çiqildi.
Muzokaralarda Eron elçisi Bahman Oğoroziy Dörmoniy iştirok etdi, deyiladi xabarda.












