Vazirlar Mahkamasining 27 aprel kuni qabul qilingan 360-sonli qarori bilan qinğir yöl bilan öqişga kirganlarni OTMdan çetlatiş tartibi belgilandi.

«Oliy ta'lim muassasalari talabalari öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisida»gi nizomga qöşimça kiritildi hamda talabani OTMdan çetlatişga asos böladigan holatlar röyxati quyidagi band bilan töldirildi:
«z) sud qaroriga köra kiriş imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (uşbu holatda talabalar safidan çetlaştirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);»

Huquqşunos Xuşnudbek Xudayberdiyev telegramdagi kanalida qöşimça qilişiça, talabani OTMdan çetlatiş tartibiga yana bir kiçik özgariş kiritilgan, ya'ni endilikda talaba OTMning odob-axloq qoidalarini buzgan bölsa ham, uni talabalikdan çetlatiş mumkinligi belgilangan. Ilgari mazkur bandda faqat öquv intizomi va içki tartib-qoidalari sanalardi.