Toşkent şahar hokimligida «RIMC Hotels & Resors Group» kompaniyasi arxitektori Xadi Tegrani iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Özaro muloqot davomida mehmon Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişdi hamda 1 may kuni poytaxt arxitektorlari uçun mahorat darsini ötkazişga tayyorgarlik körganligini qayd etdi.
Ikki tomonlama aloqalarning istiqbollarini muhokama qiliş davomida delegatsiya a'zolari Toşkent şahrining taşrif qoğoziga aylanadigan öziga xos inşootni bunyod etiş taklifini bildirişdi, şuningdek, “Etnopark” va premium klass mehmonxonalarini qurişda ham faol iştirok etiş niyatlari borligini ma'lum qilişdi.

«RIMC Hotels & Resors Group» kompaniyasi Yevropadagi mehmonxona xöjaligida yetakçi xalqaro operatorlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda «RIMC Hotels & Resors Group» Germaniya, Şveytsariya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Daniya, Turkiya va Benilyuks davlatlaridagi 32 ta mehmonxonani birlaştirgan. 1990 yildan bugunga qadar dunyo böylab mehmonxonalar qurilişi böyiça 200dan ortiq loyihani amalga oşirgan. Uning loyihalari mehmonxona xöjaligiga daxldor barça obektlarni kompleks rivojlantirişga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Ma'lum qilinişiça, «RIMC Hotels & Resors Group» kompaniyasi mamlakatda turizmni yanada rivojlantirişga qaratilgan qator investitsiyaviy loyihalarni amalga oşirişga 4 mlrd AQŞ dollaridan ortiq sarmoya kiritadi. Uşbu mablağ asosida Toşkent, Samarqand, Buxoro va Xivada özaro hamkorlikda savdo, tadbirkorlik, madaniy va köngiloçar markazlar quriladi. Şuningdek, yöl infratuzilmasi hamda aeroportlarda modernizatsiya tadbirlari amalga oşiriladi.












