Kuni keça soat 20:40larda Toşkent viloyati Piskent tumanidan ötuvçi 4R20 “Qorasuv-Böka-Bekobod” avtomobil yölining 17-km.da haydovçi, 1992 yilda tuğilgan, Toşkent davlat pedagogika universitetining 4-bosqiç talabasi T.U “Neksiya” rusumli avtoulovda Bekobod şahri tomonga ketayotib, çapga buriliş harakatini amalga oşirayotgan vaqtida öziga nisbatan qarama-qarşi yönalişda asosiy yölda kelayotgan haydovçi, 1993 yilda tuğilgan I.B boşqaruvida bölgan “Labo” rusumli avtoulov bilan töqnaşuv sodir etgan.

Yöl-transport hodisasi natijasida “Labo” rusumli avtomobili haydovçisi, 1993 yilda tuğilgan I.B. olgan tan jarohatlari natijasida Piskent tumani jonlantiriş bölimida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki suriştiruv va tergov işlari olib borilmoqda.