“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktab öquvçilari uçun maxsus “School mobile” mobil aloqa dasturini işlab çiqiş haqida petitsiya e'lon qilindi.

Kattalar uçun möljallangan aksariyat saytlarga kiriş va ulardagi ma'lumotlardan foydalaniş bolalar hamda ösmirlar örtasida avj olib bormoqda, deyiladi murojaatda. 

“Bunday saytlardan foydalaniş bolalarning ong-u tafakkuriga salbiy ta'sir körsatib, axloqiy jihatdan buzilişlarga olib keladi. Uşbu salbiy holatlarning maktab öquvçilari orasida uçraşi kişi dilini xira qiladi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Bunday holatlarning oldini oliş maqsadida maktab öquvçilari uçun maxsus “School mobile” dasturiy vositalari (operatsion tizimi)ni yaratiş va tatbiq qiliş zarurligi bildiriladi. 

Mazkur dastur asosida işlaydigan mobil aloqa vositalarida quyidagi qulayliklar va çeklovlar bölişi lozim: 

Dasturning imkoniyatlari: 

1) turli tillardagi luğatlar; 
2) dars jarayonida kerak bölişi mumkin bölgan dastur va ilovalar; 
3) interaktiv va intellektual öyinlarga asoslangan maxsus dasturlar. 

Dasturdagi çeklovlar: 

1) internet tarmoğiga ulaniş imkoniyati; 
2) videoroliklar köriş imkoniyati çeklanadi. 

“School mobile” mobil aloqa dasturi ta'lim maskanlarida mobil aloqa vositalarini taqiqlaşdan köra köproq samara berib, dars vaqtida öquvçining diqqatini jamlaşi, çuqur bilim olişiga xizmat qiladi. 

“Mazkur taklifni Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi qöllab-quvvatlaydi degan umiddamiz”, - deyiladi murojaatda.