Senatning 19-yalpi majlisida «Davlat-xususiy şeriklik töğrisida»gi Qonun ma'qullandi.

2018 yil 20 oktyabrdagi «Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantirişning huquqiy va institutsional bazasini yaratiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident Qaroriga asosan Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi taşkil etildi.

Mazkur agentlik amalga oşiruvçi sohaning asosiy yönalişlarini belgilaş maqsadida «Davlat-xususiy şeriklik töğrisida»gi Qonun işlab çiqildi.

Qonunda körsatilişiça, davlat-xususiy şerikligi davlat şerigi va xususiy şerikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylaştirilgan, davlat-xususiy şeriklik loyihasini amalga oşiriş uçun öz resurslarini birlaştirişiga asoslangan hamkorlik hisoblanadi.

44ta moddadan iborat bölgan «Davlat-xususiy şeriklik töğrisida»gi Qonunda quyidagilar belgilangan:

—  davlat şerigi va xususiy şerik qonun oldida teng;

—  xususiy şerikni tanlaşdagi bahslaşuv va xolislik prinsipi bölişi lozim;

—  korrupsiyaga yöl qöymaslik;

—  Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat-xususiy şeriklik sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Qonunga asosan, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi davlat-xususiy şeriklik sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida belgilanib, agentlikka davlat-xususiy şeriklikligi böyiça qator vakolatlar beriladi.

«Uşbu Qonunga köra, davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimning amal qiliş muddatlari (3-49 yil) belgilab qöyilgan bölsa-da, taraflar va manfaatlaridan kelib çiqqan holda bitimning amal qiliş davrini özgartiriş böyiça kelişib olişlari mumkinligi katta qulaylik yaratadi. Bundan taşqari, xususiy şerikning davlat şerigidan loyiha böyiça zarur ma'lumotlarni olişi, davlat şerigi aybi bilan zarar yetkazilgan hollarda uni qoplaşni talab qilişi kabi huquqlarning berilişi ham xususiy sektor uçun bir qator imtiyozlar beradi», — deya senator Ş.Aripovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.