Davlat idoralarida korrupsiyani bartaraf etiş, unga olib keluvçi şaroitlarni aniqlaş böyiça işlar olib borilyapti. Ammo davlat idorasida içki tizim işlamasa, heç qanday naf çiqmaydi, deb hisobot berdi Özbekiston Boş prokurori Otabek Murodov.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, 4 may Senatning 19-yalpi majlisida prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati yuzasidan Boş prokuror hisobotida korrupsiya masalasiga alohida e'tibor berildi.
«Vazirlik özi hukumat idorasi. Nega vazirlikka prokuratura kelib, senda korrupsiya bor ekan deyişi kerak, nega içki tizim yölga qöyilmaydi? Bu haqida har bir idora boş qotirişi kerak.
Yana bir masala. Biz olişni emas, berişni töxtatişimiz kerak. Berişni yöqotsa, olişni tugatgan bölamiz. Har bir idorada içki korrupsiyaning oldini olişga xizmat qiluvçi içki tizimni joriy qilişni taklif etyapmiz. Bu böyiça xalqaro ekspertlar guruhi işlayapti, ular vaziyatni örganib hisobot beradi va idoralarga kerakli tavsiyalarni beradi», - deydi Murodov.
Ma'lum qilinişiça, 2018 yil davomida 1907 nafar mansabdor şaxs korrupsion jinoyatlari uçun javobgarlikka tortildi. Ularning 48 nafari respublika, 191 nafari viloyat hamda 1668 nafari tuman darajasidagi idoralarda rahbarlik qilgandi.












