Taniqli jurnalist va bloger Eldor Asanov özining Telegram kanalida rusiyzabon ziyolilarning rus tilini davlat tili qilib belgilaş borasida ilgari surgan taklifi yuzasidan öz fikrlarini qoldirdi.

«Men til millatçisi emasman. Bir til qat'iy davlat tili bölişi şart, boşqa tillar bunday huquqdan mosuvo bölişi kerak, deb öylamayman. Lekin til muammosi bugungi kunda asossiz ravişda siyosiy instrumentga aylantirilişi ta'bimni xira qiladi. «U tilga rasmiy maqom beriş kerak», «bunisiga alohida e'tibor beriş kerak», qabilidagi bahslar faqatgina tillarga zarar keltiradi menimça: ular orasida ixtilof keltirib çiqaradi, bir tillarning boşqasidan ustun bölişiga sabab böladi, tilni ijtimoiy muloqot sathidan siyosat sathiga olib çiqadi, tilni siyosat quroliga aylantiradi.

Gapni nimaga burayotganimni tuşungandirsizlar. Bir guruh özbek faollari rus tiliga rasmiy maqom beriş taklifi bilan çiqqanini hamma eşitib (mendan boşqalar esa yozib ham) böldi.

Xulosa qilişdan oldin tomonlarning argumentlarini öqidim. Taklif mualliflarining fikrini yetarli darajada asosli, deb öylamayman. Lekin ularga qarşilarning ham «Özbekistonda faqat özbek tili bölişi kerak», qabilidagi kategorik fikrlarini ham jiddiy qabul qilib bölmaydi. Har qanday mavzuni muhokama qiliş va argumentlarni mantiq tarozisiga solib köriş mumkin.

Mualliflarning argumentlari: rus tilli aholi manfaatlari, Rossiya bilan tarixiy aloqalar, rus tili orqali «buyuk rus madaniyati»ni (sovet davri tarix kitoblarini eslatib yubordi) va jahon fanini örganganimiz, ŞHT, MDHga yanada yaqinlaşiş... Faqat bitta fikrni qabul qiliş mumkin — Özbekistonning rus tilli aholisi manfaatlari. Lekin bu muammoni hal qilişning boşqa yöllari ham bor. Masalan, Yevropa mintaqaviy tillar xartiyasida belgilangan: biror hudud aholisining 10 foizi gaplaşadigan tildan rasmiy muomalada foydalaniş mumkin. Şunga öxşaş tartib Afğoniston konstitutsiyasida ham qayd etilgan. Bu me'yor qonunlarni murakkablaştirib, bir qança davlat tillarini qabul qilib, hujjat işlarini çalkaştirişning oldini oladi, ayni paytda barça tillarning haq-huquqlarini ta'minlaydi.

Rus tili bugun Putin Rossiyasining imperialistik siyosati quroliga aylangani heç kimga sir emas. Şuni inobatga olişga majburmiz. MDH yoki ŞHT ham Rossiya va Xitoyning öz siyosiy ta'sir doirasini yaratişga qaratilgan loyihalaridir. Ularga a'zolik Özbekistonga tobelikdan boşqa narsa beradi, deb öylamayman. Taraqqiyot garovi — butun dunyoga oçiliş va ayni paytda eng rivojlangan davlatlar bilan aloqalarni yaxşilaş.

Yana mualliflar «Rossiyada millionlab özbeklar işlayapti, şu bois rus tili bizga kerak», deyişibdi. Agar özbeklar doimiy ravişda, ön yilliklar davomida Rossiyada gastarbayter bölişda davom etişini xohlasak, unda bu argument ötişi mumkin edi. Ammo men Özbekiston tezroq taraqqiyot va demokratiya yöliga tuşişini, özbeklar çetga gastarbayter emas, sayohatçi va malakali mutaxassis bölib borişini xohlagan bölardim. Rossiyaga işlaşga boradiganlarning manfaatlari uçun til kurslarini taşkil etiş va yoki maktabda rus tili ta'limini yaxşilaşning özi kifoya, deb öylayman.

Bugun fan tili ham, xalqaro muloqot tili ham, madaniyat tili ham bitta — ingliz tili. Rus tili bizga Rossiyada erkin nafas oliş imkonini beradi. Ingliz tili bilan esa butun dunyoga eşiklarni oçamiz. Lekin bu bilan ingliz tiliga rasmiy maqom beraylik demoqçimasman. Şunçaki ingliz tiliga asosiy urğuni beraylik. Rus tiliga barça xizmatlari uçun kattakon rahmat. Lekin endi yangi bosqiçga ötiş, yangi döstlar topiş vaqti keldi.

Mayli, har qanday fikr oçiq aytilayotgani, bu masala ustida bahslar kelib çiqayotganining özi yaxşi».