Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-avgustdagi 437-son qarori bilan respublikada davlat tilida iş yuritişni samarali taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.
Ma’lumki, respublika darajasidagi davlat organlari va xöjalik birlaşmalarining markaziy apparatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar, şuningdek, tuman va şahar hokimliklarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etilgan.
Qarorga binoan, mazkur maslahatçilar faoliyatini endilikda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti muvofiqlaştiradi va uslubiy jihatdan boşqaradi. Maslahatçilar tegişli taşkilot rahbari tomonidan Departament bilan kelişilgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Maslahatçilarning asosiy vazifalaridan biri davlat tili, geografik ob’yektlar va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunçilik talablariga rioya etilişini ta’minlaş böladi. Şuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan ötkaziş çoralari köriladi.
Bundan taşqari, davlat idoralaridagi taşqi yozuvlar, lavhalar, e’lonlar, reklama va körgazmali axborot materiallarining qonunçilik talablariga muvofiqligi nazorat qilinadi.
Qaror bilan davlat tiliga oid qonunçilik talablariga rioya etilişi uçun davlat organlari, taşkilotlar, xöjalik birlaşmalari va boşqa taşkilotlar rahbarlarining mas’ul va şaxsiy javobgar ekani ham belgilangan.
Şuningdek, davlat tilida iş yuritiş samaradorligini oşirişga oid qonunçilik talablariga rioya etilişi böyiça davlat organlari va taşkilotlarida navbatma-navbat tanlov asosida monitoring işlari olib borilişi közda tutilgan.












