Bir neça kun muqaddam futbol olami Angliya çempionatining ikkinçi divizioni - Çempionşipda «Lids» va «Aston Villa» uçraşuvida kuzatilgan hodisani muhokama qilişgandi. Öşanda maydon egalari raqib futbolçisi jarohat olgaç, öyinni davom ettirib, gol urişgan, lekin «Lids» boş murabbiyi Marselo Belsa bu nohaq gol bölganini aytib, öz şogirdlariga raqib hisobni tenglaştirişiga imkon berişini körsatma qilgan, natijada mezbonlar «Aston Villa» töpni öyinga kiritgaç, ularga qarşilik qilmasdan öz darvozalarini oçib berişgandi. Öyindan keyin Marselo Belsa bu oddiy feyr-pley ekani, Angliyada bu futbolning oddiy tarkibiy qismi hisoblanişini aytib ötgandi.

Endi esa futbol vatanida feyr-pleyga butunlay zid holat kuzatildi. Angliyaning uçinçi divizioni (Liga 1) 46-turi doirasida «Plimut» - «Skantrop» öyinida röy bergan hodisa keng muhokamalarga sabab bölmoqda. Ayni vaqtda ikki klub ham divizionda jon saqlab qoliş uçun kuraş olib bormoqda, plimutliklar bu öyindan avval turnir jadvalida mehmonlardan bir oçko köproq jamğargan holda yuqoriroqda joylaşgandi.

Öyinning ikkkinçi bölimi vaqtida, hisob «Plimut» foydasiga 2:1 körinişida bölib turganida mezbonlar darvozaboni, «Arsenal»dan ijaraga olingan Mett Meysi jarohat oldi. U öziga tibbiy yordam körsatilişini sörab töpni maydon taşqarisiga çiqarib yubormoqçi böldi. Ammo u qanotga yumalatib yuborgan töpni «Skantrop» yarimhimoyaçisi Josh Morris egallab oldi va vaziyatdan foydalanib, töpni deyarli böş qolgan darvozaga joylab, hisobni tenglaştirdi - hakam golni hisobga olişga majbur böldi.

Bu vaziyatda ikki jamoa futbolçilari örtasida muştlaşuv boşlanib ketişiga bir baxya qoldi, qölidan jarohat olgan darvozabon esa murabbiylar yetovida maydondan olib çiqildi. Şundan keyinoq ijtimoiy tarmoqlarda feyr-pleyga köz yumgan Morris şa'niga turli gaplar yoğdirila boşlandi - uni futbol tarixidagi eng sportga zid golni urişda ayblaşdi.

«Skantrop» klubi ştabidagilar esa Belsaning jasoratini takrorlaşga jur'at topa olişmadi (murabbiyning öşa qarori tufayli durang öynagan «Lids» APLga töğridan-töğri yöllanmaga ega böliş imkoniyatidan mahrum bölgandi). Ammo 10 daqiqa ötib adolat qaror topdi - 70-daqiqada Grem Keyri «Plimut»ning uçinçi golini urdi.