Çempionşipga çiqiş uçun pley-off öyinlarida yarimfinalning dastlabki uçraşuvlari bölib ötdi.

Derbi şahridagi «Prayd Park» stadionida Frenk Lempard boşçiligidagi «Derbi Kaunti» Marselo Belsaning «Lids Yunayted»ini qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazdi.

Öyindagi yagona gol 55-daqiqada mehmonlar yarimhimoyaçisi Kemar Ruf tomonidan urildi.

Javob uçraşuvi «Lids» maydonida 15 may kuni bölib ötadi.

Yarimfinalning ikkinçi uçraşuvida «Aston Villa» «Vest Bromviç Albion»ni qabul qildi. Birmingemdagi «Villa Park» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyinda hisob 16-daqiqada oçildi — mehmonlar hujumçisi Duayt Geyl aniq harakat qildi. Ikkinçi bölim örtalarida, 75-daqiqada mezbonlar yarimhimoyaçisi Konor Huriheyn muvozanatni tikladi, 4 daqiqa ötib «Aston Villa» Temmi Abrahamning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga çiqib oldi. 88-daqiqada «Vest Bromviç» bir kişi kam bölib qoldi, hakam Geylga ikkinçi sariq kartoçkani körsatdi.

Jamoalarning javob uçraşuvi 14 may kuni bölib ötadi. Chempionship pley-off bosqiçi finali 27 may kuni Londondagi «Uembli» stadionida ötkazilişi belgilangan.

Chempionship
APLga çiqiş uçun pley-off öyinlari
1/2 final
Birinçi öyinlar
Aston Villa – Vest Bromviç 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 16 Geyl, 1:1 – 75 Huriheyn, 2:1 – 79, penalti Abraham.
Aston Villa – Stir, Teylor, Mingz, Tuanzebe, Al-Muxammadi, Uelan (Huriheyn, 67), Makginn, Griliş, Adoma (Grin, 67), El-Gazi (Kodjia, 90), Abraxam.
Vest Bromviç – Jonston, Holgeyt, Douson (Mirs, 46), Bartli, Gibbs, Brant, Yuhansen (Morrison, 85), Fillips (Merfi, 66), Hegazi, Geyl, Rodriges.
Ogohlantirişlar: Holgeyt (33), Hegazi (48), Geyl (62), Gibbs (77).
Çetlatiş: Geyl (88).
 
Derbi Kaunti – Lids 0:1 (0:0, 0:1)