Çempionşipdan Premer-ligaga ötiş öyinlarida finalçilar nomi ma'lum böldi. Unga köra, APL yöllanmasi uçun «Derbi Kaunti» va «Aston Villa» klublari bahs olib borişadi.

«Derbi Kaunti» Chempionship pley-offining yarimfinalida «Lids»ni javob uçraşuvida 4:2 hisobida mağlub etdi. Birinçi öyinda Marselo Belsa şogirdlari 1:0 hisobida ğalaba qozongandi va ikki uçraşuv natijasiga köra «Derbi» finalga yöl oldi.

Qayd etiş kerakki, Marselo Belsa jamoasi yangi yilga chempionship yetakçisi sifatida kirgandi. «Lids» keyingi 10 yil içida 25 dekabr kuni çempion bölib, yakunda APLga yöllanma ololmagan ilk klub böldi.

Oxirgi marta bunday holat 2007/08 yilgi mavsumda kuzatilgan, öşanda «Uotford» Rojdestvogaça peşqadam bölib, çempionatni oltinçi örinda yakunlagan va pley-off yarimfinalida yirik hisobda mağlub bölgandi.

Bundan taşqari, Belsaning «Lids»i keyingi 9 yilda pley-offning safar öyinida ğalaba qozonib, javob uçraşuvi natijasiga köra finalga çiqa olmagan ilk jamoa böldi.

Hal qiluvçi öyinda «Derbi»ga «Aston Villa» raqiblik qiladi, birmingemliklar yarimfinalda «Vest Bromviç» tösiğidan ötişdi (2:1, 0:1, penaltilar böyiça 4:3).

E'tiborlisi, finalga çiqqan har ikki klub murabbiylar ştabida ham «Çelsi»ning yaqin ötmişdagi yulduzlari faoliyat yuritmoqda: Frenk Lempard «Derbi» boş murabbiyi sifatida işlayotgan bölsa, uning uzoq yillik jamoadoşi Jon Terri «Aston Villa»da yordamçi murabbiy sanaladi.

Ma'lumot uçun, Çempionşipda 1- va 2-örinni olgan jamoalar töğridan-töğri Premer-ligaga yöl oladi, 3-6-poğonalardagi törtta klub uçinçi yöllanma uçun ötiş turnirida qatnaşadi.

Final bahsi 27 may kuni Londondagi «Uembli» stadionida «Derbi Kaunti» va «Aston Villa» örtasida keçadi.

«Aston Villa» 28 yil uzluksiz iştirokidan keyin 2015-16 yilgi mavsum yakunida APLni tark etgandi. «Derbi Kaunti» oxirgi marta yuqori divizionda 2007-08 yilgi mavsumda iştirok etgan. Klub öşa mavsumda faqat bir öyinda ğalaba erişib, 11 oçko bilan oxirgi örinni egallagandi.

2018-19 yilgi mavsum yakunlariga köra Premer-ligani «Kardiff», «Fulhem» va «Haddersfild» tark etgan. Ularning örnini «Norviç Siti», «Şeffild Yunayted» hamda «Derbi Kaunti» va «Aston Villa» juftligi ğolibi egallaydi. 

Chempionship