Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Davolaş-profilaktika muassasalarida statsionar şaroitda uzoq muddat davolanişga muhtoj bolalarga umumiy örta ta'lim berişni taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Davolaş-profilaktika muassasalarida statsionar şaroitda uzoq muddat davolanişga muhtoj bolalarga umumiy örta ta'lim beriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim  maktablari davlat ta'lim standartlari hamda ular asosida işlab çiqilgan maxsus ta'lim (aqli zaif va ruhiy rivojlanişda orqada qolgan bolalar uçun) talablariga muvofiq har bir şaxsning ta'lim va tarbiya olişdagi konstitutsiyaviy huquqini röyobga çiqariş, ularning umumiy örta ta'lim olişini va biliş imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalaş maqsadida taşkil etiladi.

Davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim maktablarida ta'lim oliş bepul amalga oşiriladi.

Davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim  maktablarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

öquvçilar tomonidan muntazam bilim olinişini ta'minlaş, ularning bilim oliş ehtiyojini qondiriş;

öquvçilarda milliy hamda umumbaşariy qadriyatlarni uyğunlaştiriş asosida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalaş, ularning ta'lim-tarbiya olişlari uçun şart-şaroit yaratib beriş;

öquvçilarning umumiy örta ta'limning davlat ta'lim standartlari hamda ular asosida işlab çiqilgan (aqli zaif va ruxiy rivojlanişda orqada qolgan bolalar uçun) maxsus ta'lim talablariga muvofiq bilim olişlarini ta'minlaş;

ta'lim beriş jarayonida öquvçilarning soğliğini himoyalovçi dars jadvaliga rioya etilişini ta'minlaş.

Davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim maktablar tibbiy körsatmalarga köra, davolaş-profilaktika muassasalarida statsionar şaroitda 30 kun va undan ortiq davr mobaynida davolanayotgan maktab yoşidagi bolalar uçun taşkil etiladi.

Öquvçilar Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari tegişliligi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi va viloyatlar soğliqni saqlaş boşqarmalarining buyruği bilan davolaş-profilaktika muassasalari yaqinidagi umumiy örta ta'lim maktablariga biriktiriladi va davolaş-profilaktika muassasalari qoşida örnatilgan tartibda umumiy örta ta'lim maktablari taşkil etiladi.

Davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim  maktablari ixtisoslaşuviga muvofiq quyidagi turlarga bölinadi:

I - sil kasalligi va uning şakllariga çalingan bolalar uçun davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim maktablari;

II - tayanç tizimi kasalliklari va ularning asoratlariga çalingan bolalar uçun davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim maktablari;

III - ruhiy asab kasalliklariga çalingan bolalar uçun davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim maktablari.

Davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim maktablarida umumiy örta ta'lim boşlanğiç ta'lim (I — IV sinflar) hamda umumiy örta ta'lim (I —XI sinflar) bosqiçlaridan iborat bölib, kunduzgi ta'lim şaklida amalga oşiriladi.

Öquvçilarga davlat ta'lim standartlari va talablariga mos umumiy örta ta'lim beriladi. Ta'lim-tarbiya jarayoni umumiy örta ta'limning davlat standartiga muvofiq holda belgilanadi.

Maxsus ta'lim Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, öquv rejalari va dasturlari asosida, maxsus korreksion tuzatiş uslublaridan foydalanilgan holda olib boriladi.

Öquvçini davolaş-profilaktika muassasasiga davolaş uçun qabul qilinganligi, uni davolaş-profilaktika muassasasi qoşidagi umumiy örta ta'lim maktabiga qabul qiliş uçun asos hisoblanadi.

Öquvçilarni davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim maktablariga qabul qiliş hamda ularga ta'lim beriş belgilangan tartibda vaqtinçalik taşkil etiladi.

30 kun va undan ortiq davr mobaynida davolanadigan öquvçi yoşidagi bemorlar davolaş-profilaktika muassasasi qoşidagi umumiy örta ta'lim maktabiga qabul qilinayotganda özi ta'lim olayotgan umumiy örta ta'lim maktabining rahbariyati tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan yozma ma'lumotnoma taqdim qiladi.

Öquvçi davolaş-profilaktika muassasasiga qabul qilingandan boşlab bir kun muddatda yoşi va umumiy örta ta'lim maktabi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotnomaga muvofiq sinfga biriktiriladi va davolanişga qadar ta'lim olgan umumiy örta ta'lim maktabi rahbariyatiga davolaş-profilaktika muassasasi qoşidagi umumiy örta ta'lim maktabi mudiri tomonidan imzolangan va muxr bilan tasdiqlangan yozma ma'lumotnoma yuboriladi.

Davolaş-profilaktika muassasasi qoşidagi umumiy örta ta'lim maktabida sinflardagi öquvçilar soni 10-20 nafarni taşkil etadi. Sinfdagi öquvçilar soni yetarli bölmagan hollarda, boşlanğiç sinflarda öquvçilar (1-3-sinf, 2-4-sinf, 1-4-sinf) komplekt sinflarga birlaştiriladi, yuqori sinflarda öquvçi sonidan qat'iy nazar sinflar oçişga ruxsat etiladi.

Dars soatining davomiyligi 40 daqiqadan iborat böladi.

Davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim maktablarining öquv rejasi umumiy örta ta'lim maktablari tayanç öquv rejasi asosida işlab çiqiladi va davolaş-profilaktika muassasasi joylaşgan tuman (şahar) xalq ta'limi bölimi hamda davolaş-profilaktika muassasasining yuqori turuvçi organi tomonidan tasdiqlanadi.

Jismoniy rivojlanişida nuqsoni bölgan öquvçilarga ta'lim beriş umumiy örta ta'lim maktablarining öquv dasturlari, psixik rivojlanişida nuqsoni bölgan öquvçilarga ta'lim beriş esa aqli zaif bolalar uçun ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalari öquv dasturlari asosida taşkil etiladi.

Öquvçilarni zarur darsliklar, öquv-metodik qöllanmalar hamda sinf jurnallari bilan ta'minlaş maqsadida davolaş-profilaktika muassasasi hududiy joylaşuviga köra tuman (şahar) xalq ta'limi bölimiga buyurtma beradi.

Buyurtmaga asosan tuman (şahar) xalq ta'limi bölimi öquvçilarni bepul ravişda darsliklar, öquv-metodik qöllanmalar hamda sinf jurnallari bilan ta'minlaydi.

Oğir va avj oluvçi kasalliklarga çalingan, şuningdek oğir jarrohlik amaliyotini boşidan keçirgan öquvçi davolovçi şifokor tavsiyasiga köra, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar (keyingi örinlarda ota-onalar deb ataladi) bilan kelişgan holda soğliğini himoyalovçi rejimga ötkazilişi, ayrim fanlar böyiça dars maşğulotlaridan ozod etilişi yoki darslar soatlarining davomiyligi qisqartirilişi mumkin.

Davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim maktablarida olib borilgan darslar öqituvçi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladigan sinf jurnalida qayd etib boriladi.

Öquvçi davolanib, davolaş-profilaktika muassasasidan çiqarilayotganda, öquvçi ta'lim olgan umumiy örta ta'lim örta maktabiga taqdim etiş uçun, uning ota-onasiga davolaş-profilaktika muassasasi qoşidagi umumiy örta ta'lim maktabi mudiri tomonidan imzolangan va tegişli biriktirilgan umumiy örta ta'lim maktabi muhri bilan tasdiqlangan, sinf jurnalidan köçirilgan baholar qaydnomasi (ma'lumotnomasi) beriladi.

Davolaş-profilaktika muassasalari joylaşgan hududdagi tuman (şahar) xalq ta'limi bölimlari davolaş-profilaktika muassasalari qoşidagi umumiy örta ta'lim maktablari faoliyati va ulardagi ta'lim jarayonini sifatli taşkil etilişiga bevosita mas'uldirlar.