Özbekiston Respublikasi prezidenti “Tibbiyot va farmatsevtika ta'limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.

Hujjat bilan quyidagilar tibbiyot va farmatsevtika ta'limi va ilm-fanini yanada rivojlantirişning eng muhim yönalişlari deb hisoblanadi:

birlamçi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uçun umumiy amaliyot vraçlari içidan ehtiyoj yuqori bölgan tor mutaxassisliklar böyiça şifokorlarni tayyorlaşni taşkil etiş;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlaş va uzluksiz kasbiy ta'limi jarayonlariga öqitişning kredit-modul tizimini joriy etiş;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş tizimining markazlaştirilişiga barham beriş, ularning uzluksiz kasbiy ta'lim bilan töliq qamrab olinişini ta'minlaş;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarida öqitiş jarayonlarini monitoring qiliş va şaxsiy hisobga olişni ta'minlaş;

tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini, şuningdek, soğliqni saqlaş sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigaça rivojlantiriş, ularni global ilmiy maydoniga integratsiya qilinişini ta'minlaş;

kadrlarni tayyorlaş, ta'lim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilişning uzluksizligini ta'minlaş maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining klinikalari, öquv va öquv-işlab çiqariş bazalarini rivojlantiriş.