Vazirliklar, idoralar, xöjalik boşqaruv organlari va ta'lim muassasalari vakillaridan iborat Özbekiston delegatsiyasi "Davlat boşqaruv  tizimi samaradorligini oşiriş"  hukumatlararo dasturining işçi guruhlarining ikkinçi yiğilişida iştirok etiş uçun Birlaşgan Arab Amirliklariga taşrif buyurdi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
 
Taşrifdan asosiy maqsad - BAAning davlat boşqaruvi tizimini yaratişga doir tajribasini örganiş va kelgusida Özbekistonda muqobil konsepsiya joriy qiliş, işçi guruhlarning ikkinçi yiğilişini ötkaziş, turli yönalişlar böyiça 2019-2020 yillar uçun "yöl xaritasi"ni işlab çiqiş va tasdiqlaş. 

Prezident Şavkat Mirziyoyevning mart oyidagi BAAga taşrifi yakunlariga köra, Özbekiston va BAA örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqiçga kötarildi. Taşrif davomida tomonlar "Davlat boşqaruv tizimi samaradorligini oşiriş" qöşma dasturi taşabbusini muvofiqlaştirişdi, may oyida ötkazilişi rejalaştirilgan seminar esa Dasturning mantiqiy davomi hisoblanadi. 

Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, hukumatni modernizatsiya qiliş mamlakatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi va xalqaro tajriba uning samaradorligini oşirişga yordam beradi.

5 may kuni Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari Şuhrat Vafoyev va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining Xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş böyiça direktori Ş. Jöraboyev Dubayda BAAning vazirlar mahkamasi va kelgusidagi işlari böyiça vaziri M. Al-Gergaviy bilan uçraşişdi. 

Uçraşuv davomida Al-Gergaviy soğliqni saqlaş, ta'lim, iqtisodiyot va boşqa sohalarda amaliy natijalarga erişiş uçun tomonlar bir jamoa bölib işlari muhim ekanini ta'kidladi.

Özbekiston delegatsiyasining BAAga taşrifi hukumatning davlat boşqaruvi tizimini takomillaştirişda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga bölgan intilişidan dalolat beradi. 

BAA vazirining sözlariga köra, hukumat faoliyatini rivojlantirişda yuqori samaradorlikni ta'minlaş BAAning işonçli kelajakni ta'minlaşdagi sa'y-harakatlarining muhim qismi hisoblanadi. BAA tomon yangi iş modellarini işlab çiqiş va joriy qilişga oid muvaffaqiyatli tajribasi bilan bajonidil bölişişini ma'lum qildi.