“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp “Soccer AM”ga intervyu berdi. Bu safargi suhbatning öziga xosligi şundaki, savollar Google`da murabbiy haqida paydo bölgan eng maşhur mavzulardan tuzilgandi. Uşbu suhbatning e'tiborli qismlarini e'tiboringizga havola qilamiz.

Jahl haqida

“Men kamdan kam holatda aççiqlanaman. Bilaman, ba'zida öyin bölayotganda yoki boşqa bir paytda jahlim çiqqandek körinadi, ammo bu juda tez ötib ketadi. Yaqin insonlarga qarşi ayniqsa, men bu tuyğudan uzoq bölişga urinaman. Balki ekranda jahldor köringanim uçun odamlarga qiziq bölsa kerak. Balki yuz tuzilişim şunaqadir. Lekin işonavering, bu emotsiya ifodasi emas, mening yuzim juda çiroyli bir bolakayni körganimda ham şunday turadi”.

Klopp haqida film

“Bred Pittni tanlagan bölardim. Menimça, uning körinişi yomon emas. Öylaymanki, meni haqiqiy tarzda körsata olardi. Aslida, u bilan uçraşişni istardim. Juda zör yigitga öxşaydi. U ijro etgan rollar yoqadi; ayniqsa, “Fight Club”, boşqa kinolari ham. Rafiqam ham uni juda yoqtiradi, albatta, uçraşib qolsak yomon bölmasdi. Men unga meni rolimda qanday böliş, qaysi harakatlar qiliş yoki qilmaslik haqida maslahatlar berardim. Ammo rostini aytsam, unaqa kino çiqmagani yaxşi, nima haqidayam bölardi bu?”

Kinolar haqida

“Forrest Gamp”. Şubhasiz! Bu hikoya! Bu san'at! Bu... Bilmayman... Tom Henks. Ön yildan beri mendan yoqtirgan filmimni söraşadi va xayolimga faqat şu film keladi. Menga juda yoqadi.

Boşqa yoqtirgan filmlarim ham köp, masalan “Rokki”ning hamma seriyasi. Birinçisi qaçon çiqqandi? Saksoninçi yillarda bölsa kerak. Undan oldin biz qanaqadir öziga xos narsa haqida orzu qilganmiz, lekin iqtidor yetmagan bölsa kerak. Keyin esa, Rokki paydo böldi. Menimça, u öşa avlodga köp narsa berdi va hatto Ğarb va Şarq kuraşiga ham ajoyib yeçim taqdim etdi – ularni ringga olib çiqinglar. Ivan Drago va Rokki Balboa. Urişişsin qani, nihoyat.

Umuman olganda, ekşn uslubidagi filmlar köproq yoqadi, Born haqidagilar, Jyeyms Bond... Men doim unga öxşaşni istardim. U bilan uçraşiş nasib etdi ham. Albatta, hammasi bilan emas, “Liverpul”ga muxlis bölgani bilan. Deniel Kreyg bilan. Ajoyib yigit. Köpinça men bilan uçraşişganida futbol haqida gaplaşmoqçi bölişadi, lekin men Jyeyms Bond bilan körişganimda uç soat faqat kino haqida suhbatlaşdik.

Kinolar menga yoqadi, lekin “Forrest Gamp” – eng zöri.

Ijtimoiy tarmoqlar

Men ijtimoiy tarmoqlarda yöqman. Instagram yoki feysbuklarda nomimga oçilgan bir qator akkauntlar haqida eşitdim, lekin u men emasman. Mening odamlarga aytib beradigan heç narsam yöq. Tuşunmayman, kimdir nonuştasini rasmga olib, internetga qöyadi. Xöp, keyin-çi? Nimasi qiziq? Töğrisi, boşqalarning şaxsiy hayotini kuzatiş menga yoqmaydi va şu mantiq bilan mening hayotim ham boşqalarga qiziq bölmasligi kerak. Oilamdan ham heç kim ijtimoiy tarmoqlarda yöq. Whatsapp`da guruhimiz bor, şu bizga yetadi.

Hozir hammasi tezlaşib ketdi. Xabarlar, soxta yangiliklar juda tez sur'atda tarqab ketmoqda va odamlar işonadilar. Men buni xohlamayman. Bu iborani erta işlatgim kelmaydi, ammo aytaman – bu işlar uçun qariman. Atrofimdagi olam qiziq, lekin odamlar hayotini qanday ötkazayotganini bilişim umuman kerakmas menga. Donald Tramp erta-yu keç nega tvit yozadi, tuşunmayman. Nazarimda, uning birorta yozgani ham haqiqiy bir foydali bölmagan.

“Liverpul” qanday özgardi?

Buni gugldan sörab körmadingizmi? Qanday javob böldi? Men uçun ham qiziq. Bilmadim. Kelganimda “Liverpul” “uyqudagi gigant” ekanini tuşundim. Ularning kayfiyati yaxşi edi, ammo zör emasdi. Murabbiy özgardimi, demak undan oldin nimadir öxşamagan böladi. Ilk kunlarimdan biror narsani tubdan özgartirişga urinmadim. Men avvalo, mendan oldin nimalar bölganini bilmoqçi böldim, klub haqida köproq ma'lumotga ega bölişni urindim. Futbolçilar bilan gaplaşdim. Hozir hamma körib turibdi – Brendan Rojyers juda kuçli murabbiy. Demak, gap faqat unda bölmagan. 

Yana nimadir bor edi. Biz buni tuşunib, bosqiçma-bosqiç muammoni hal qilib borişimiz kerak edi.

Biz uçun muhimi, maydonga tuşganda faqat özimiz uçun emas, klub personali, oilamiz, muxlislar uçun bor kuçimizni işga solişdir. Bu boşlanişi. Boşqa tarafdan esa, bu şunçaki futbol. Hamma biladi, men daho emasman. Ammo men va şogirdlarim qançalik yaxşi bölişsa, öyinimiz ham şunçalik yaxşi böladi. Bizda yaxşi öyinçilar köp edi, yana bir neçtasini sotib oldik. Biz hozir kelgan joyimizdan zavq olyapmiz. Bilaman, bu hali yölning yarmi, ammo töğri yölda ekanimizga işonaman. 

Aynan nimani özgartirganimni ayta olmayman. Lekin qilayotgan işimiz özimizga yoqyapti, bu - juda yaxşi poydevor.