Yurgen Klopp futbol böyiça Germaniya milliy jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi. 59 yoşli mutaxassis Germaniya futbol ittifoqi bilan tört yillik şartnoma imzoladi.
U 15 avgustdan milliy jamoadagi faoliyatini boşlaydi. Uning murabbiylik ştabidan Piter Kravits, Pepeyn Leynders va Sven Bender joy oladi. Kravits va Leynders Klopp bilan «Liverpul»da birga işlagan.
Germaniya futbol ittifoqi Klopp global futbol bölimi rahbari lavozimini egallab kelgan Red Bull konserniga bir million yevro ötkazib beradi.
Yurgen Klopp ilk matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalariga nisbatan talablarini e’lon qildi.
«Siz meni körişni istamagan kuniyoq heç qanday kompensatsiyalarsiz işdan ketaman. Agar ertaga mening qölimdan heç narsa kelmasligini aytsangiz, ketaman.
Lekin bir kişi bunday deb hisoblamasligi kerak – bu jamoatçilik fikri bölişi lozim. Agar Germaniya futbol ittifoqi işni eplay olmayotganimni aytsa, ketaman.
Agar özingizni nomunosib tutsangiz va oilamni tinç qöymasangiz ham ketaman. Agar nimadir notöğri bölsa, meni tanqid qiling. Xatolar ustida işlaşga tayyorman. Hammasi faqat futbol va mening işim bilan boğliq bölişi kerak», - dedi Klopp.
U jamoatçilikka ham murojaat qildi.
«Bu işni özim uçun qilmayapman. Buni siz uçun qilyapman. Yulian Nagelsmannga qanday munosabatda bölganingizni körganimga qaramasdan bu işga kirişyapman. Tomas Tuxelga nisbatan qanday munosabatda bölganingizga qaramasdan bu işni zimmamga olyapman», – dedi u.
Yurgen Klopp şuningdek, Germaniya milliy jamoasi haqida ham fikr bildirdi.
«Muvaffaqiyat bu – kutilganidek natijaga erişişing. «Biz Fransiya kabi zörmizmi?» deb savol beradigan bölsak, javob – yöq, unday emas. «Bizda Dembele, Mbappe, Due, Barkolya kabi öyinçilar bormi?» deb söraş töğriroq böladi. Javob – yöq. Lekin baribir ularni yuta olamiz.
Doim Fransiya, Ispaniya yoki Argentinaga qaraşning hojati yöq. Muhimi – özimizga va qanday futbol öynayotganimizga qaraş kerak. Biz hozir dunyoning eng yaxşi jamoasi emasmiz – bu haqiqat. Reytingda bizdan yuqorida 11ta jamoa bor. Bizning vazifamiz – öyinimiz orqali ular ustidan ğalaba qozoniş», – dedi Germaniya milliy jamoasi yangi boş murabbiyi.

















