Balogun keçirib yuborilgani barça qit’alardagi futbol mulozimlarida FIFA rahbariga nisbatan norozilik uyğotgan.
UYeFA FIFAning JÇ-2026 1/8 finalida Belgiya bilan öyin oldidan AQŞ milliy jamoasi forvardi Folarin Balogunga nisbatan diskvalifikatsiyani keçiktiriş töğrisdagi qaroriga munosabat bildirdi. Ittifoq bu borada rasmiy bayonot berdi, insayderlar esa taşkilotning Janni Infantinoni xalqaro futbol federatsiyasi rahbarligidan ketkaziş rejalari haqida xabar bermoqda.
Muqobilsiz saylovdan keyingi muqobil nomzod
UYeFAdagilar, katta ehtimol bilan, Janni Infantinoning FIFAdagi boşqaruvidan çarçagan. The Guardian jurnalisti Roman Molinaning aytişiça, taşkilot Xalqaro futbol federatsiyasi prezidentligi uçun navbatdagi saylovlarga öz nomzodini tayyorlamoqda.
Infantinoga raqobatçi tayyorlanayotgani haqidagi xabarini jurnalist AQŞ milliy jamoasi futbolçisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi keçiktirilişi töğrisidagi qaror futbol jamoatçiligida katta norozilik uyğotişi fonida e’lon qildi. Uşbu futbolçi 1/16 finalda Bosniya va Hersegovinaga qarşi öyinda qizil kartoçka olgan bölsa-da, keyingi bosqiçda Belgiya bilan ötadigan öyinda maydonga tuşişi mumkin.
Jurnalist Ben Jyeykobs xabariga köra, Oq uydagilar uşbu futbolçiga qöllangan jazoni qayta körib çiqişni sörab, töğridan töğri FIFA prezidentiga murojaat qilgan. Molinadagi ma’lumotlarga köra, bunday mojaroli qarordan keyin nafaqat Yevropadagi futbol federatsiyalari, balki boşqa qit’alar vakillari ham taşkilotga Infantino örniga boşqa nomzod topilişini xohlaşmoqda.
«Donald Trampga yoqiş uçun qabul qilingan qarordan keyin (mohiyatan, gap aynan şu haqda ketmoqda) jahon futbolining boşqa rahbarlari – nafaqat Yevropadagilar – muqobil nomzod topiş imkoniyatini muhokama qila boşlaşdi, çunki ular «ortiq bunday davom etişi mumkin emas» deb hisoblaydi. Ammo gapiriş – boşqa, harakatga kirişiş – butunlay boşqa iş. Buning uçun jasorat kerak böladi, lekin futbol rahbarlarining köpçiligida bunday jasorat yöq», – deya xabar qilgan jurnalist.
Infantino 2016 yilgi saylovlarning ikkinçi turida Osiyo futbol konfederatsiyasining öşa vaqtdagi prezidenti Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa ustidan ğalabaga erişib (88 ga qarşi 115 ovoz bilan), FIFA rahbarligiga kelgandi. 2019 va 2023 yillardagi saylovlarda esa Infantinoga heç kim raqobat körsatmadi va u lavozimga qayta saylandi. Katta ehtimol bilan, endi jahon futbolidagilar undan çarçagan.









