Foto: Shutterstock

1. Takrorlaş orqali köp narsani örgansa böladi. Uydagi buyum, köçadagi hodisalar, bajarayotgan işlaringizning nomini ayting, hozir dada, buvi yoki mehmonlar kelişi haqida ogohlantiring. Işoning, natija tezda namoyon böladi.

2. Bolaning ortidan takrorlaş. Çeksiz ravişda «du-du-du-du» deb aytiş zerikarli bölib tuyulyaptimi? Xor bölib aytib köring. Yangi «do-do-do» qöşiğini aytişga harakat qilib köring. Takrorlayaptimi? Şu tarzda davom ettiring. Bu nafaqat nutq apparati uçun maşq, balki rivojlantiruvçi öyin hamdir.

3. Nutqning rivojlanişi mayda motorika bilan uzviy boğliq. Barmoq uçi va öz harakatlarini boşqariş könikmasi miyaning nutq uçun javob beruvçi qismlari bilan bevosita boğliq. Albatta, oyoq kiyim boğiçini boğlaşga hali erta. Öyin uçun turli – dumaloq, qovurğali, yumşoq, yopişqoq, mayin va boşqa buyumlarni bering. Qançalik xilma-xil bölsa, şunça yaxşi.

Heç kimga sir emaski, köpçilik bolalar qimmatbaho rivojlantiruvçi gilam va öyinlarni emas, qopqoqli, qoşiqli oddiy bankalarni öynaşni yoqtirişadi. Ipga ötkazilgan turli rangdagi tugmalar maşhur. Tanlaş huquqini bolaning öziga bering.

4. Bir yildan keyin imo-işoralardan voz keçişga harakat qiling. Özingizni uzatilgan qöl, barmoqni sezmayotgandek tuting, bolaga biror narsani bera turib «ber» deb ayting. Variantni borgan sari murakkablaştiring – «Oyi, nokni ber deb ayt».

5. Hayvonlar tovuşlari va ularga «mu-mu», «vov-vov», «vaq-vaq» va v h.k. tarzidagi taqlid faol qiziqiş uyğotadi.  

6. «Tilga kirgan» yoki yoşi kattaroq bolalar bilan muloqot qiling. Taqlid qiliş istagi barça muvaffaqiyatsizliklarni yöqqa çiqaradi.

7. Qöşiqlar kuylang! Hatto eşitiş qobiliyati va ovozingiz bölmasa ham. Ayyorona usulni qöllang – kutilmaganda ayrim sözlarni «adaştirib» ayting va biroz tanaffusdan keyin bolakay özi sizni töğrilaydi.

8. Oson yodda qoladigan şe’rlar köngiloçar maşqqina emas, ta’lim oliş hamdir. Şe’rni 10 martalab aytiş mumkin va bola har safar uni birinçi marta eşitayotgandek tinglaydi. Eng qiziq joyida özingizni ayrim sözlarni unutib qöygandek tuting. Davomini yoki tugallanişini boladan eşitişga muvaffaq bölasiz.

9. Bolaning sizga biror narsa hikoya qiliş istagiga befarq bölmang. Köziga boqib, diqqat bilan tinglaşga harakat qiling. Hayron qoliş, qayta söraş, «Qanday qilib?» tarzida lol böliş mumkin. Öta qiziquvçan körinişni namoyon eting. Ana öşanda bolaning özi körgan va eşitgan hamma narsani sizga aytiş istagiga guvoh bölasiz, sezasiz.

Sayrdan keyin yuz bergan voqealarni oila a’zolariga hikoya qilib beriş ayniqsa foydali. Masalan, dadasiga. Qor yoğgani, sovuq, oppoq ekani, qölga oliş mumkinligi, Aziz uni uşlab körgani va h.k. Dada tasdiq ma’nosida boşini qimirlatib turişi kerak.

10. Bir yoşli bolaning öyin muhitini elektron öyinçoqlar bilan qurşab olmaslikka harakat qiling. Çunki bola faol iştirokçi emas, passiv kuzatuvçiga aylanib qoladi. Tasavvuri işlamaydi, barça harakatlar çeklanadi (tugmani bosişdan taşqari) va bola öyin jarayoni ham, natija ham unga boğliq emasligiga könikadi. Koptok, maşina, kublar, piramidalar, matryoşkalar öynang, yaltiroq kaşfiyotlarni esa keyinga qoldiring.