Toşkent xalqaro aeroportida bojxonaçilar navbatdagi qonunbuzarlik holatlarini aniqlaşdi.
“Seul-Toşkent” yönalişi böyiça uçib kelib, “yaşil” yölak orqali harakatlangan fuqaro D.D.ning bagaji nazorat tartibida maxsus skanerlar yordamida bojxona körigidan ötkazildi.
Natijada, “ustomonlik” bilan öylangan qonunbuzarlik foş etildi. Ya'ni, fuqaro D.D bojxona tölovlaridan qoçiş maqsadida heç qanday hujjatlari bölmagan, deklaratsiyalanmagan 8 dona har xil rusumdagi uyali aloqa vositalarini ovoz kuçaytirgiç içiga yaşirilgan holda olib kirmoqçi bölgan ekan. Ammo uning bu nayrangi iş bermadi.
Şuningdek, ayni şu aviareys bilan uçib kelgan fuqaro R.D xam bojxona nazoratidan ötkazilganda yaşirinça olib kirmoqçi bölgan 5 dona uyali telefonlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda esa, “Pekin-Toşkent” yönalişi böyiça uçib kelgan fuqaro B.A. ham sal kam 13 million sömlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot uskunalarini noqonuniy olib kirişga bölgan urinişi besamar yakunlandi.
Hozirda uşbu holatlar yuzasidan tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












